Asrga tatigulik umr yohud Chingiz Aytmatov

(- Ha,  bugun ham yana bir yangilik bor. 
Albatta,  yaxshi xabar)

O`zMU va Yozuvchilar uyushmasi birgalikda 
atoqli adib Chingiz Aytmatovning tavvaludi munosabati bilan davra suhbati bo`lib o`tmoqda.  Mazkur uchrashuvga aytmatovshunos olimlar,  gazeta va jurnallarning muharrirlari,  adabiyotshunoslar,  universitetning o`qituvchilari,  tashkilot va muassasalarining vakillari hamda talaba yoshlar ishtirok etmoqda.  
Sevimli yozuvchimiz  Yuzma-yuz,  Sarvqomat dilbarim,  Somon yo`li,  Momo yer,  Alvido Gulsari,  Oq kema,  Sohil yoqalab chopayotgan olapar,  Hoshim,  Gazetachi Dzyuydo,  Oq yomg`ir,  Sepoyachi,  Qiyomat" kabi ko`plab asarlarning muallifi. 




Qayd etish o`rinli,  Chingiz Aytmatov Qirg`iziston xalq yozuvchisi 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir.  U Mustaqil O`zbekistonning Do`stlik,  Buyuk xizmatlari uchun  ordenlari bilan mukofotlangan.  Qirg`iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro Oltin medal mukofoti ta`sis etilgan.  Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. 



Xabaringiz bor,  davlatimiz rahbari 02. 04. 2018 yilda,  "Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to`g`risida"gi qarorini imzolagan edi.  
Mazkur huquqiy hujjat bugun ushbu uchrashuvlarda o`z amaliy natijasini ko`rsatmoqda.  Bu kabi tadbirlar Respublikamizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda. 




Muslima Omonqulova
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari