Amerika ovozi teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova bilan ijodiy uchrashuv

Bugungi kunda O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida 15 dan ortiq mahorat maktablari tashkil etilgani quvonarli holdir. 



Ushbu mahorat maktablarida jurnalistika va kommunikatsiya yo`nalishidagi ta`limning dolzarb masalalarini o`rganish, global Internet tarmog`idan foydalangan holda o`quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, kasbiy maxoratni oshirish, O`zbekiston va xorij OAV, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya tizimining dolzarb masalalarini bilish, fan, ta`lim, ishlab chikarish integratsiyasini ta`minlash, jurnalistika va kommunikatsiya buyicha ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yunalishlari, ilmiy-tadqiqotlar o`tkazishning samarali metodlaridan foydalanishga o`rgatish asosiy vazifalar etib belgilangan.



O`zbekiston Milliy universitetida mahorat maktabi doirasida Amerika ovozi teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova bilan fakultet talabalarining ijodiy uchrashuvi ana shunday kasb sirlarini puxta egallayotgan talabalar uchun master klass vazifasini bajardi.



Uchrashuvda Navbahor Imomova jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar bo`yicha dunyo bozori va xorijiy tajribalar, Amerika Qo`shma Shtatlarining bosma va elektron nashrlari, veb-saytlari, televidenie va radiojurnalistika ijod  jarayonlarini amalda qo`llanilishi, hozirgi zamon jurnalistika  va ommaviy kommunikatsiya jarayonlarining   mazmuni, OAV va ommaviy kommunikatsiyaning istiqbollari xususida talabalarni qiziqtorgan savollarga javob berdi.


Dildora Rizaeva,
Jurnalistika fakulteti

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari