O`zMU rektori talabalar bilan suhbat o`tkazmoqda


O`zMU rektorining boshlangan hafta ish grafigida OTMning xar bir fakulteti magistrantlari bilan bevosita muloqoti rejalashtirilgan. Bugun muloqot Biologiya fakulteti magistrantlari bilan bo`lib o`tdi. Muloqot davomida bugungi ta`lim sifati masalasi, o`qitish tizimidagi muammolar, kamchiliklar, ularning echimi xususida fikr almashildi. Rektor muloqot jarayonida ko`proq yoshlarni eshitdi. Ularning g`oyalari, rejalari, ularni amalga oshirish mexanizmlari buyicha takliflarni tingladi. Suhbat jarayonida bugun sohada echimini kutayotgan masalalar, fakultet moddiy texnik bazasini mustahkamlash, amaliyotga e`tiborni yanada kuchaytirish xususida takliflar berildi. Uchrashuv davomida har bir magistr tanlagan mavzusining yangiligi, dolzarbligi haqida ham fikrlashildi. Va eng muhimi, bugun shu yoshlar ichidan xorijga o`qishga borish, malaka oshirish imkoniyatidan foydalana oladigan talabgorlar bormi yo yuqmi degan masala xususida xam aniq to`xtamga kelindi.
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari