" Rektor bilan muloqot"

Mirzo Ulug`bek  nomidagi O`zbekiston Milliy  universiteti  faollar  zalida o`tkazilgan uchrashuv mana shunday nom oldi.  Universitet  rektori  va   magistratura bosqichida  izlanish olib borayotgan talabalar o`rtasida rasmiyatchilikdan holi,  yuzma-yuz , ochiq  muloqotning tashkil  etilishi  fakultetlar kesimida amalga oshirilmoqda.  Bugun bu  uchrashuvga "Geologiya va geoinformatsion tizimlar"  hamda "Geografiya va  tabiiy  resurslar " fakultetlarida  1- va 2- bosqichda tahsil olayotgan 80 ga yaqin magistrlar  jalb qilindi.  



Uchrashuvni kirish  so`zi  bilan  ochib bergan universitet rektori  Avazjon Marahimov magistraturada  faqat  diplom uchun emas,   balki   ilm bilan shug`ullanishni,  ilmiy  ish  qilishni  maqsad  qilgan  talabalar  o`qishi  kerakligini  qattiq  ta`kidladi.  Muloqot  davomida  talabalarning  xorijiy  o`quv  yurtlarida tahsil olishi  uchun qanday  imkoniyatlar   yaratilishi,  qanday  muammolarni   bartaraf  etish  xususida  ham  fikr almashildi.   Ikkinchi  bosqich talabalaridan  7  nafarini  Rossiya  davlatidagi  nufuzli  universitetlaridan  biriga  jo`natilishi haqida  kelishib olindi.  



Keyingi  semestr  davomida  barcha  mutaxassislik fanlaridan o`qitish   tizimi   rus va  ingliz  tilida olib borilishiga  doir  fikr  o`rtaga  tashlandi.  Bu borada    talabalarning   xohish-istaklari,  takliflari   inobatga   olindi.  Ilg`or   talabalardan  Alisher  Rasulov,  Dilmurod Xudoyqulov,  Numonbek  Daliev,  Mo`minjon Usmonovlarning   takliflari  rektor  tomonidan  qayd  etilib,  ularni  amalga  oshirish  mexanizmlari   haqida ham  atroflicha mulohazalar  almashinildi. 



Uchrashuvning  yutuq  tomoni  shundaki,  bunda  avvalo ,  uning  o`qituvchi va murabbiylardan holi,  shaffof  o`tkanligidir.  Rektor  va magistrlar o`rtasidagi  muloqot  shuning  uchun  samarali  yakunlandi. 

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari