Biz sizni kutamiz

  
   O`zMU rektori Avazjon Maraximov Rossiya Federatsiyasining Kozon Federal universitetiga tashrif buyurdi. 
Tashrif davomida xamkorlik aloqalari, professor-o`qituvchilarning uzaro tajriba almashinuvi, yosh o`qituvchilarning malaka oshirishi borasida qator masalalarni muxokama qilishdi. O`zMU rektori  tashrif doirasida bugungi kunda Kozon Federal universitetida Meditsina va Iktisod yunalishida taxsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. O`zbekistonlik talabalar O`zMU rektorini Milliy kiyimimiz-zar choponlarda kutib olishdi.  Rektor bilan suhbat uzoq va samimiy ruxda o`tdi. 

Avaz Maraximov talabalarga O`zbekistonda bo`layotgan bugungi islohotlar, muxtaram prezidentimiz tomonidan yaratilinayotgan imkoniyatlar xaqida gapirdi. Yoshlarni xalqimiz kutayotgani, ular prezidentimiz boshlagan ishni davom ettirishlari kerakligi, yangi investitsiyalar olib kirishimiz zarurligi, mamlakat iqtisodini birga ko`tarishimiz kerakligini bildirdi. Unga javoban yoshlar bu yerda bilim olib, Vatanga qaytib, uni ravnaqi yo`lida mexnat qilish ishtiyoqida ekanliklarini bildirishdi. Avaz Maraximov suhbat yakunida   o`qishni tamomlagan har bir yosh O`zMU ga, albatta,  kelishini va Milliy universitet ularni ish bilan taminlashini bildirdi. Suhbat davomida KFU rektori Ilshat Gafurov O`zbekistondan kelgan talabalar xorijiy davlatlar talabalari ichida eng tirishqoq, izlanuvchan, bilimga chanqok   ekanligini takidladi. Ularni o`z soxalarida yetuk mutaxassis bo`lishlariga ishonch bildirdi. 

Eslatib o`tamiz: bugungi kunda KFU 7500 nafar xorijiy davlat fuqarolari taxsil olishadi. Ulardan 1500 nafari O`zbekistonlik talabalardir.


Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari