SALOXIDDINOV Maxmud Saloxiddinovich 2018 yil 27 aprelü kuni olamdan o‘tdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashi, rahbariyati, jamoasi ilm-fan fidoiysi Saloxiddinov Maxmud Saloxiddinovichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Saloxiddinov Maxmud Saloxiddinovich 1933 yil 23 noyabrda Namangan viloyatining Namangan shahrida tug‘ilgan. 1950 yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ning fizika-matematika fakulütetiga o‘qishga kirib, uni 1955 yilda matematik analiz mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

M.Saloxiddinov 1958 yilda nomzodlik, 1967 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan, 1969 yil professor ilmiy unvonini olgan. 1968 yil O‘zbekiston Respublikasi FA muxbir a’zosi, 1974 yilda Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi.

Uning mehnat faoliyati O‘rta Osiyo davlat universiteti (O‘zMU) va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. U 1967 yildan 1985 yilgacha O‘zbekiston FA Matematika instituti direktori, 1984-1985 yillarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1985-1988), 1988-1994 yillarda Fanlar akademiyasi Prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Olim butun umri davomida nafaqat matematika, balki O‘zbekistonda ilm-fan va texnika rivoji, oliy ta’lim tizimida yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, respublikada ilmiy salohiyatni oshirishga behad katta hissa qo‘shdi.

Akademik M.S.Saloxiddinov O‘zMU differentsial tenglamalar (hozir Differentsial tenglamalar va metimatik fizika kafedrasi deb nomlanadi) kafedrasiga asos solib, uni 1980-1986, 1993-1995 yillar va 2004-2012 yillarda boshqargan. Olim umrining oxirgi kunlarigacha shu kafedraning professor lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

U 1964 yildan buyon Fanlar akademiyasi Matematika instituti differentsial tenglamalar bo‘limi mudiri, 1962 yildan buyon esa differentsial tenglamalar bo‘yicha respublika ilmiy seminari tashkilotchisi va rahbarlaridan biri sifatida shu yo‘nalishning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.

M.S.Saloxiddinov xususiy hosilali differentsial tenglamalar, integral tenglamalar, shuningdek, funktsiyalar nazariyasi sohalarida chuqur fundamental tadqiqotlar olib bordi. Olimning ilmiy izlanishlarining asosiy negiziturli tartibli tenglamalar sinfini tadqiq etib, o‘rganilayotgan masala korrektligiga sohaning o‘lchami va koeffitsientlarning ta’sirini aniqlashdan iborat.

Shuni ta’kidlash kerakki, M.S.Saloxiddinovning integral, maxsus singulyar integral tenglamalar bo‘yicha izlanishlarining natijalari alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etdi.

Sohaning chegarasida buzilishga ega bo‘lgan uchinchi tartibli qo‘shma tipdagi umumiy tenglamalar uchun chegaraviy masalalarga bag‘ishlangan ishlarida integro-differentsial tenglamalar nazariyasi rivojlantirilgan va chegaraviy masalalar uchun Fredgolüm tipidagi alüternativalarni olishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi va ikkinchi tur aralash tipdagi hamda uzilishga ega bo‘lgan singulyar koeffitsientli tenglamalar uchun buzilish chizig‘ida uzluksiz va uzilishli shartlar berilgan turlicha chegaraviy masalalarni o‘rgandi.

O‘tgan asrning 70-yillardan boshlab Mahmud Saloxiddinov ilmiy faoliyatiini xususiy hosilali differentsial tenglamalar uchun nolokal va Bitsadze-Samarskiy tipidagi chegaraviy masalalarni o‘rganishga bag‘ishladi. Shular orqali keng sinfdagi buzilish chizig‘i silliq bo‘lmagan aralash tipdagi tenglamalar uchun bir qator chegaraviy masalalar o‘rganildi. Keyinchalik ikkita buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan aralash tipdagi tenglama uchun uch o‘lchovli Trikomi masalasiga o‘xshash masalalar cheksiz tsilindrik va prizmatik sohalarda rivojlantirildi. Olimning shogirdlari bilan birga yadrosi Gauss, Besselü va Meyer funktsiyalarini o‘z ichiga olgan kasr tartibli umumlashgan integro-differentsial operatorlar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida ham salmoqli ilmiy natijalarga erishdi.

M.S.Saloxiddinovning spektral parametrli chiziqli aralash tipdagi tenglamalar uchun nolokal chegaraviy masalalarga oid ishlarida spektral parametr tekisligining aniq sektorlarida diskret spektrlarning yo‘qligini aniqlash, ikki bog‘lamli sohalarda nolokal chegaraviy masalalarning bir qiymatli echilishi hamda siljitilgan shartli masalalar echimining yagonaligini isbotlash, xarakteristikadan chetlatilgan sohalarda aralash parabolo-giperbolik tipdagi tenglamalar uchun lokal va nolokal chegaraviy masalasining korrektligi ko‘rsatilgan va o‘rganilayotgan masalaga qo‘shma chegaraviy masala topilgan hamda umumlashgan A.V.Bitsadze masalasining Volüter tipida ekanligini aniqlashga oid ilmiy ishlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Uning keyingi yillarda shogirdlari bilan hamkorlikdagi ilmiy izlanishlari giperbolik va parabolik-giperbolik tipdagi uchinchi tartibli yuklatilgan tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni tadqiq etish hamda uning turli soha chegarasida va sohaning ichida buziladigan singulyar koeffitsientli aralash tipdagi tenglamalar uchun Bitsadze-Samarskiy masalasiga o‘xshash chegaraviy masalalarni o‘rganishlari aralash tipdagi tenglamalar nazariyasida yangi yo‘nalishga asos bo‘ldi.

Olimning ilmiy faoliyati aralash, aralash-qo‘shma tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar nazariyasini ishlab chiqish va uni rivojlantirishga qaratildi. Bu tadqiqotlarning natijasida M.S.Saloxiddinovning Uravneniya smeshanno-sostavnogo tipa (1974), Kraevûe zadachi dlya uravneniy smeshannogo tipa so spektralünûm parametrom (1997) nomli monografiyalari nashrdan chiqdi.

Maxmud Salohiddinov 1993 yilda Chilida bo‘lib o‘tgan Ilmiy ittifoqlar Xalqaro Kengashi Bosh Assambleyasida qatnashdi va shu yili Xalqaro Islom akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi. Bu uni dunyo miqiyosida tanilib, ilmiy maktabning tan olinganidan birgina misolidir.

M.S.Saloxiddinov O‘zbekiston matematika fani obro‘si va nufuzini ko‘tarishga ko‘p kuch sarfladi. U Rossiya (1963, 1966, 1994, 2003-2007), Frantsiya (1970, 1993), Yaponiya (1990), Xitoy (1989), Polüsha (1983), Xindiston (1987, 1990, 1991, 1992), Bolügariya (1976, 1985), AQSh (1992), Turkiya (1991, 1992, 1994) kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan ko‘plab Xalqaro ilmiy anjumanlarda hamda differentsial tenglamalar bo‘yicha o‘tkazilgan konferentsiya va simpoziumlarda qatnashdi.

M.S.Saloxiddinov 5 ta monografiya, 20 ga yaqin darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda respublika va halqaro ilmiy jurnallarda nashr qilingan 300 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Uning O‘zbekistonda matematika fani va oliy ta’limning rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, sermahsul ilmiy-pedagogik faoliyati va yuqori malakali ilmiy mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari munosib taqdirlanib, u 1974 yilda differentsial tenglamalar nazariyasi bo‘yicha turkum izlanishlari uchun Abu Rayhon Beuniy nomidagi Davlat mukofoti, 1984 yilda esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, u Hurmat belgisi ordeni (1976), Mehnat shuhrati ordeni (1999), Buyuk xizmatlari uchun ordeni (2007) va Fidokorona hizmatlari uchun ordeni (2017) bilan taqdirlandi.

Keyingi yigirma yillar mobaynida O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo mintaqasida xususiy hosilali differentsial tenglamalar sohasida erishilgan muvaffaqiyatlarda va shu soha bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning shakllanishida Maxmud Saloxiddinov yaratgan ilmiy maktab muhim o‘rin egallaydi. Bevosita uning rahbarligida shu maktabdan 10 dan fan doktori hamda ko‘plab fan nomzodlari etishib chiqdi. Shuningdek, M.S.Saloxiddinovning ilmiy-pedagogik faoliyatida oliy o‘quv yurtlari uchun o‘zbek tilida darslik va qo‘llanmalar yaratish ham muhim o‘rin tutadi. Buning misoli sifatida M.S.Saloxiddinovning hamkorlikdagi Kompleks o‘zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi, Oddiy differentsial tenglamalar (1994) kabi darsliklarni keltirish mumkin. Yaratilgan bu darsliklar respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida asosiy o‘quv qo‘llanmalar sifatida foydalanib kelinmoqda.

Hozirgi kunda mazkur ilmiy maktabdan etishib chiqqan olimlar respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlarida, jumladan Farg‘ona, Termiz Davlat universitetlarida, Rossiya, Xitoy, Bolügariya, Polüsha, Suriya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarda differentsial tenglamalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar.

Mustaqillik davri ilmiy tadqiqotlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berdi. Bu davrda ularning shogirdlari xususiy hosilali differentsial tenglamalar sohasida bir qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlab, muvaffaqiyatli himoya qildilar. Respubdikamiz olimlarining xorijiy ilmiy markazlar bilan aloqalari mustahkamlandi. Akademik M.S.Saloxiddinov 2012 yildan AMAN (Adûgsko-Cherkesskiy Mejdunarodnoy akademii nauk) akademigi hamda AMAN ma’ruzalari ilmiy jurnali taxrir xay’ati a’zosi hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Kabardin-balükar Ilmiy Markazi Xalqaro Matematika va nano-informatsion texnologiyalar instituti Ilmiy kengashi a’zosidir.

Yangi ming yillik boshidan hozirgi kunga qadar M.S.Saloxiddinovning ilmiy maktabida yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, ko‘plab darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashrga tayyorlanib, chop etildi. Bunga misol sifatida olimning Matematik fizika tenglamalari(2002), Integral tenglamalar (2007) nomli darsliklari, M.S.Saloxiddinov va M.Mirsobirovlarning Nelokalünûe zadachi dlya uravneniy smeshannogo tipa s singulyarnûmi koeffitsientami (2005), nomli monografiya, M.S.Salohiddanovning A.Q.O‘rinov bilan hamkorlikdagi Giperbolik va elliptik tipdagi buziladigan differentsial tenglamalar (2007), Aralash tipdagi differentsial tenglamalar (2007), M.S.Saloxiddinov, B.I.Islomovning Uravneniya smeshannogo tipa s dvumya liniyami vûrojdeniya (2009) nomli, domilaning A.Q.O‘rinov bilan hamkorlikdagi K spektralünoy teorii uravneniy smeshannogo tipa (2010) nomli monografiyalari hamda M.S.Saloxiddinov va B.I.Islomovning Matematik fizika tenglamalari fanidan masalalar to‘plami (2010) nomli kitoblarini keltirish mumkin. 

Xususiy hosilali differentsial tenglamalar sohada o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning amaliy xarakterga ega ekanligi va muammolarning dolzarbligi hamda ularni echish usullarining o‘ziga xosligi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Hozirgi davrda M.S.Saloxiddinov yaratgan ilmiy maktabda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar respublikamizda va chet ellarda ko‘plab izdoshlarini topmoqda.

Maxmud Saloxiddinovich uch farzandning otasi va 7 nabiraning mehribon bobosidir.

M.S.Saloxiddinov ko‘p qirrali olim va tashkilotchi, moxir pedagog, yuksak insoniy fazilatli olimning ko‘p qirrali butun umri fanga va xalqqa bag‘ishlangan xizmat mezonidir.

M.S.Saloxiddinovning ilm-fan yo‘lidagi buyuk xizmatlarini uning shogirdlari davom ettiradi, rivojlantiradi.

Olimning nomi tarixda va qalbimizda abadiy yashaydi. 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari