Tarix fakulteti talabalarini sportga jalb qilish

Tarix fakultetida talabalarni sportga qiziqtirish, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish,  hamda ularni jismonan sog`lom bo`lishlarini inobatga olgan holda shu yilning noyabr va dekabr oylarida  sportning Mini futbol turi bo`yicha Fakultet kubogi musobaqasi o`tkazildi. Musobaqada 16 ta guruh bo`lib, bakalavr hamda magistratura yo`nalishi talabalari faol ishtirok etishdi. 

Final bosqichida 1 kurs arxivshunoslik yo`nalishi va 4 kurs tarix yo`nalishi talabalari o`zaro kuch sinashdilar. Musobaqada 4 kurs tarix yo`nalishi talabalari 2:0 hisobida zafar quchib g`oliblikni qo`lga kiritishdi.
Sport musobaqasida g`oliblar Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor Najmidin Qodirov va fakultet dekani Alisher Mo`minov tomonidan esdalik sovg`alari diplom, faxriy yorliqlar va kubok bilan taqdirlanishidi.


Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari