MUXADDISLAR SULTONI - IMOM AL-BUXORIY ZIYORATGOHIGA HUSH KELIBSIZ!

Islom olamida juda katta hurmat bilan tilga olinadigan Imom al-Buxoriyning qabrlari joylashgan ziyoratgoh Samarqand viloyatining qadimiy me‘moriy yodgorliklardan biri sanaladi. Imom al-Buxoriy o’z umrini ilm o’rganish uchun sarflagan buyuk va ulug’ ulamolardan biri ekanligi hech birimizga sir emas. Mustaqillik yillarida ularning ishlarini yanada ko’proq o’rganish va Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy ruhlarini shod etish maqsadida alloma yotgan ziyoratgohni obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi ą 217-qaroriga muvofiq bu yodgorlik majmui  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Qo‘qon va Shaxrisabz xalq ustalarining oltin qo‘llari bilan me‘morchilik tarixida eng qisqa muddat, yani 8 oy mobaynida barpo etildi.
 


Hozirgi kunda bu tabarruk zamin butun Islom olamidan hamda chet eldan kelgan sayyohlar bilan gavjum. Mazkur majmua ziyoratchilar uchun muqaddas maskan va qolaversa Hayit bayramlarida kelib hayit namozlari va Juma namozlarini o’qish uchun ham ayni muddaodir. 

Shuningdek, Imom al-Buxoriy majmuasining barpo etilishi haqida biroz to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, me‘moriy yodgorlikning qurilishida uning gumbazlariga O’zbek milliy hunarmandchiligi asosida o‘ziga xos betakror bezaklar berilgan. Uning o’rta qismida „oniks“ toshidan tayyorlangan sag’ana joylashtirilgan. Maqbaraning ichki qismidagi allomaning qabrlari sag’ana ostida joylashgan. 



Mamlakatimiz Birinchi Prezidentiga 1992-yilda Saudiya Arabistoni podshohi tomonidan tuhfa qilingan ka‘bapo‘sh - "Kisva" ham aynan Imom al-Buhoriy majmuasining maxsus muzeyidan o‘rin egallagan. 

     Majmuani ziyorat etar ekansiz, beixtiyor hovlidagi XV - asrning ikkinchi yarmida ekilgan chinorlarga ko‘zingiz tushadi. Hovlining chap tarafida masjid qurilgan bo‘lib, uning honaqoxlari 786kv/km va peshayvonlarning umumiy maydonlari esa 214 kv/mni tashkil etadi. Masjid umumiy hisobda 1500 ta namozxonni o’z ichida sig’dira oladi. Maqbara kutubxonasida Islom diniga oid bo’lgan qo’lyozma asarlar saqlanadi. Maqbaraning orqa tarafida esa hadis ilmini mukammal o’rganuvchilar uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan "Dorul haqio" nomi bilan ataluvchi hadislarni o’rganuvchi markaz qad rostlagan. 
 


Ziyoratchilarning ko‘pchiligi, o‘z maqsadlarining hosilini Allohdan tilab, duolarining ijobatiga ixlos qilgan holda ushbu majmuaga tashrif buyuradilar. Boisi, Imom al-Buxoriy hazratlarining 40 yil davomida to‘plagan Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V) ning hadislaridan birida "Duo" haqida shunday deyiladi: "Ey iymon keltirgan bandalar, duo qilinglar. Duo ibodatning mag‘zi, duo mominning qo‘rg‘oni", deya marhamat qilganlar. Shuningdek, Imom al-Buxoriy 2 yoshlik chog‘larida ko‘zlari ojiz bo‘lib qolib, Volidalarining Allohga qilgan iltijolari, duolari ijobati sabab ko‘z nurlarining qaytarilishi ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 
 
Bunday maskanlarni nafaqat dunyoviy maqsadlar yo‘lida, balki ohirat uchun ham tez-tez ziyorat qilib turish darkor. Shu o‘rinda, Payg‘ambarimiz  Muhammad (S.A.V) ning yana bir muborak hadisi shariflarini e‘tiboringizga havola etmoqlikni lozim topdim:

"Ey iymon keltirgan bandalar, qabrlarni ziyorat qilinglar, qabrlar sizlarga ohiratni eslatadi". Ushbu hadisga amal qilgan holda, barcha yurtdoshlarimiz, hamda shahrimiz mexmonlarini bu tabarruk zaminni ziyorat qilishga lutfan taklif qilamiz!

O‘zMU Jurnalistika fakukteti
 3-kurs talabasi E‘zoza Turg‘unova.

Asosiy ko‘rsatkichlar
899 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
6078 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
35 Ta’lim yo‘nalishlari