CHORSU - GUMBAZLI BOZOR




-Xa, mana-mana, patirlarning shirmoyi bizda, keling, opa, adashmaysiz.
- Qaynoqning " doda"si  bizda. Kep qoling, ob qoling!
- Opa, keling manavi olmadan bir tatib ko‘ring!

Qay mavsumda kelsangiz ham doim gavjum va sershovqin Sharq bozorlari ko‘z oldingizga kelgan bo‘lsa, ne ajab. Sotuvchilarning biri olib, biri qo‘yib, " ob qoling-u keb qoling" dan, xaridorlar esa "sal tushing, aka"dan bo‘shamaydi. Sayyohlar kirmasdan, ko‘rmasdan ketmaydigan maskanlar ham ayniqsa bozorlardir. Nafaqat xarid, balki mahsulotlarni tomosha qilib ham o‘sha hudud madaniyati bilan tanishish mumkin.



Toshkenti azimning Chorsu bozoriga kelsangiz ham ko’plab sayyohlarni ko’rishingiz shubhasiz. Boisi nafaqat bozordagi milliy buyumlar-u turli noz-ne‘matlar, balki, tarixiy ekani ham ko’pchilikni o’ziga jalb etadi. Toponomiyaga murojaat qiladigan bo’lsak,tarixda mazkur bozor “Jo’ba”, “Registon”, “Eski Jo’ba” nomlari bilan ma’lum, yirikligi bilan anchagina mashhur bo’lgan. Bozorning qurilish dizaynida yaqqol e’tiborni tortadigan jihat undagi sharqona moviy gumbazdir.



“Chorsu” deyilishining sababi ham shundan, ya’ni “gumbazli bozor” degan ma’noda qo’llanadi. Tarixiy manbalarda esa unda to’rt emas, besh, olti, undan ham ko’proq yo’llar kesishgan joy ekani haqida ma’lumotlar keladi. XV asr manbalarida yozilishicha, “…Bozorning do’kon-rastalari Chorsudagi qandolatpazlik do’konigacha davom etadi. Ramazon ouyida bu yerda kechasi ham bozor bo’ladi, o’yin-kulgi qilinadi”. 



Haqiqatdan ham qadimdan bozorlar faqatgina savdo hududi bo’libgina qolmasdan, turli ko’ngilochar maskanlarni o’z ichiga olgan, xatto qo’g’irchoq o’yinlari ham o’tqazilgan. 


 Xullas, “Farang-u Afriqoda qandayligi” bilmadigu, lekin sharqda bozorlar katta va alohida ahamiyat kasb etgan. Hozir ham “Chorsu” fayzini, gavjumligini yo’qotmagan. Bozordan xarid qilishning ham gashti o’zgacha-da, nima dedingiz?!


O’zMU jurnalistika fakulteti 4-bosqich
 talabasi Sultonposhsho Sotiboldiyeva

Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari