Yosh psixologlar tadqiqi




Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalarning nazariy bilimlari amaliyotdagi ko`nikmalar bilan mustahkamlanib,  boyib borilishiga alohida ahamiyat qaratiladi.  



   "Psixologiya" yo`nalishida tahsil olayotgan 2 kurs (rus guruhi) talabalari - bo`lajak psixologlar o`z tajribalarini oshirish maqsadida turli obyektlarga borib mashg`ulotlar o`tkazishni rejalashtirishdi.  Shahrimizda joylashgan "Zvezdopad znaniy" xususiy ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasasida dastlabki eksperiment amalga oshirildi.  Talabalar intellekti yuqori bo`lgan 5-6 yoshli bolalarda shakllangan kuchli xotira,  diqqat momenti,  emotsional holat,  oila va shaxslararo munosabatlardagi turli  xususiyat  va belgilarni atroflicha tadqiq etishdi.  



Ushbu progressiv o`zgarish va yuqori potensialga erishishning asos va sharoitlarini  o`rganishdi.  Bunday tajribalarni fakultet va MTM o`rtasida muntazam o`tkazib turish ,  amaliy tashriflar ko`lamini izchillashtirishga kelishib olindi. 


Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari