Prezident Oz MU talabasiga avtomobil sovga qildi

24-may kuni muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Milliy universitetida fanlar akademiyasi akademiklari, oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari , yosh olimlar bilan uchrashdi. Prezidentimiz bir qator akademiklar, rektorlar va yosh olimlarning taklif va muammolarini eshitdilar.



Uchrashuvda Ozbekiston Milliy Universiteti matematika fakulteti 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev sozga chiqdi va Al-Xorazmiy olimpiadasi tashkilotchiligi uchun davlatimiz rahbariga tashakkur aytib, bu olimpiadani maktab va akademik litsey oquvchilari uchun ham otkazish taklifini berdi hamda bu taklifni ahamiyatini asoslab berdi. Prezidentimiz shu yigilishning ozidayoq  yosh talabaning qolga kiritgan yutuqlari, ishtiyoqi, tashabbuskorligi va vatan ravnaqi yolidagi fidoyiligi uchun unga avtomobil sovga qildi. Undan tashqari talaba olimpiada timizidagi bir necha muammolarni sanab ularning yechimlarini asosli ravishda keltirib otdi. Shundan song Shavkat Mirziyoyev Xalq ta‘limi vaziri Sherzod Shermatovga talabani yoniga ishga olishi va uning tajribasi va mahoratidan yurt kelajagi uchun foydalanish keraligi boyicha korsatma berdi. Nutqi yakunida S.Bozorboyev bundan keyin ham bor kuch gayratini yurt kelajiga, ilm-fan va yosh iqtidorli oquvchilarni xalqaro olimpiadalarga munosib tayyorlashga ishonch bildirdi.
Eslatib otamiz Sardor Bozorboyev 2015-yildan 2019 yilgacha Xalqaro matematika olimpiadalarda 4 bora oltin, bitta kumush va bitta bronza medallarini qolga kiritgan. Ozbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 2017-yili Ozbekiston belgisi kokrak nishoni, Oliy va Orta maxsus talimi vazirligi tomonidan 2018-yil yakunlari boyicha Yil Talabasi mukofotlari bilan taqdirlangan

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari