Aholi va hududlarni zilzila oqibatida yuz berishi mumkin bo`lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha harakatlari

2018-yil 29-noyabr kuni O`zbekiston Milliy universiteti harbiy kafedrasining ochiq mashg`ulotlar maydonida Aholi va hududlarni zilzila oqibatida yuz berishi mumkin bo`lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha harakatlari mavzuida maxsus - taktik o`quv mashqi o`tkazildi. Ushbu tadbir Toshkent shahar hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig`ining 2018-yil 30-oktabrdagi 12-sonli buyrug`iga asoslanib fuqaro muhofazasi rejalarining haqqoniyligi mashg`ulotlar orqali amalda ko`rsatildi. Mazkur maxsus-taktik o`quv mashqiga quyidagi fuqaro muhofazasi rahbariyati shtabi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari jalb etildi: 
  universitet FM rahbariyati;
  universitet FM shtab azolari;
  universitetda tashkil etilgan FM tuzilmalari;
universitet ishchi xizmatchilari.
Bu tadbirda aholini tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va bu tabiiy ofat vaqtida jabrlanuvchilarni psixologik tarbiyalash yuzasidan ko`ngilli talabalar ishtirokida o`quv-taktik mashg`ulotlarni o`tkazish ko`zda tutilgan, deydi Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi xizmatchi o`qituvchisi Mahmudov Tohir Halimovich.


             Sitorabonu XIKMATULLAYEVA,
                        Ilhom XUDOYNAZAROV,
Jurfak online press matbuot xizmatchilari

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari