Kasbiy rivojlanish markazining ochilishi


2019 yil 9 yanvarda O`zMU Xorijiy filologiya fakultetida Britaniya Kengashining qo`llab-quvvatlashi asosida tashkil etilgan Kasbiy rivojlanish markazining ochilish tadbiri Ingliz filologiyasi kafedrasi tomonidan o`tkazildi. 

Tadbirda gumanitar va tabiiy yo`nalishlari bo`yicha chet tillar kafedrasi o`qituvchilari, qiyosiy tilshunoslik kafedrasi o`qituvchilari, fakultet dekanlari, Toshkent shahridagi o`rta ta`lim maktablari jumladan, Sexriyo xususiy maktabi, 243, 105, 169, 249 maktab, akademik litsey  - JIDU akademik litseyi, O`zMU qoshidagi S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey,  va O`zMU tarkibida ochilgan O`zbek-Isroil qo`shma fakulteti ingliz tili o`qituvchilari, shuningdek O`zDJTU professor-o`qituvchilari qatnashdilar. Britaniya Kengashi vakili Saida Irgasheva ham tadbirda ishtirok etdi. Tadbirni fakultet dekani I.A. Jo`raeva ochib berdi. 

Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri J.Sh. Djumabaeva markaz xaqida umumiy ma`lumot berib, rejalashtirilgan tadbirlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. O`tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar xaqida barcha  o`qituvchilar o`z fikr va muloxazalari bilan o`rtoqlashdilar.


Britaniya Kengashi vakili Saida Irgasheva markaz faoliyatini yurgizish xaqida foydali maslahatlar berdi. O`qituvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Tadbir bahs-munozaraga boy va mazmunli o`tdi. Tadbir so`ngida bir piyola choy ustida hamkor tashkilot vakillari kelgusida o`tkaziladigan tadbirlarni muhokama qilishdi hamda doimiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.

Asosiy korsatkichlar
899 -
6078 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
35 Talim yonalishlari