Janubiy Koreya bilan memorandum imzolandi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti (keyingi jumlalarda O`zMU) va Malumotlarni Uzatish Tadqiqot Markazi (keyingi jumlalarda MUTM) o`rtasida professoro`qituvchilarni xorijda malakasini oshirish, yoshlarni doktarantura va magistraturada o`qishlarini tashkillashtirish va kooperativ tadqiqot ishlarini olib boorish maqsadida o`zaro almashuv memorandum imzolandi. Ularning o`zaro manfaatlarini kengaytirish maqsadida har ikkala tomon ham quyidagilarni kelishib oldilar:

  • IOT, Big Data, Analitika va transport infratuzilmasini modellashtirish va optimallashtirish, turizm va jamoat xavfsizligi sohalarida qoshma tadqiqotlar o`tkazish;
  • Doktorantlar almashinuvida hamkorlik va doktorlik dissertatsiyasini birgalikda yozish;
  • Sertifikat kurslari, konferensiyalar va simpozium kabi akademik va ilmiy sohalarda qo`shma qo`shimcha mashg`ulotlar o`tkazish;
  • Hamkorlikda tadqiqot loyihalarini o`tkazish;
  • Hamkorlikda akademik va ilmiy nashrlar tashkillashtirish;
  • Ilmiypedagogik kadrlarni almashish; 
  • Ilmiy adabiyotlar va ilmiy hujjatlar almashish;
  • Yuqorida ko`rsatilgan sohalarda yangi intellektual mulkni yaratish va himoya qilish. 
Ushbu MOU doirasida amalga oshiriladigan har bir faoliyat uchun hamkorlik shartlari ushbu faoliyat boshlangunga qadar ikki tomon ham yozma ravishda kelishib olinadi. Bunday bitim ushbu MOUga ilovani tashkil qiladi. 

Barcha faoliyat O`zMU VA MUTM qoidalari va siyosatlariga muvofiq bo`lishi hamkorlik shartlari tarkibiga kiradi. Ushbu memorandumni har ikkala tomon maqullagandan so`ng besh yil mobaynida amal qiladi. Muddatning oxirgi yilida avtomatik ravishda yana besh yil muddatga uzaytiriladi.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari