Astraxanda 2019 yil 8-10 aprelda rektorlar yig`ilishi bo`lib o`tdi




Asosiy mavzu Rossiya va O`zbekiston oliy ta`lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning zamonaviy yo`nalishlari, tendensiyalari va istiqbollari ko`rib chiqildi. Tadbir o`tgan yilning 18-oktabr kuni Toshkentda bo`lib o`tgan "Yangi kadrlar - yangi iqtisodiyot uchun yangi rus-o`zbek" birinchi ta`lim forumining yakuniy qaroriga muvofiq tashkil etilgan edi. Konferensiyada ikki davlatning 80 dan ortiq universitetlari ,davlat idoralari vakillari va rahbarlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.



Konferensiya qatnashchilari Rossiya va O`zbekiston oliy o`quv yurtlari o`rtasida yo`l xaritalarini joriy etish va Moskvadagi kuzda bo`lib o`tadigan ikkinchi Rossiya-O`zbekiston ta`lim forumining kun tartibini shakllantirish masalalarini ko`rib chiqdilar.

Astraxan davlat universitetida o`tkazilgan "O`zbekiston va Rossiya o`rtasida ilmiy va ta`lim sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari va vazifalari" ikkinchi blokida O`zbekiston Milliy universiteti rektori, professor A.R. Marahimov, Plenum majlisida O`zbekiston milliy universiteti va Rossiya etakchi oliy o`quv yurtlari o`rtasidagi hamkorlik yo`nalishlari haqida so`zlab berdi.

O`zMU Matbuot xizmati
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari