AHOLINING TURLI GURUHLARI BILAN IJTIMOIY ISH AMALIYOTI NOMIDAGI RESPUBLIKA KONFERENTSIYASI


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan  O`zbekiston Respublikasida 2019 yilda xalqaro va respublika miqyosida o`tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to`g`risidagi 133-f-sonli Farmoyishi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 205-sonli buyrug`ining ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi, Oila ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda OTF 1-100 Imkoniyati cheklangan bolalar sotsiomadaniy moslashuv tizimini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari loyihasi doirasida Aholining turli guruhlari bilan ijtimoiy ish amaliyoti mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi. 

Konferensiyada Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari, senator Dilorom Toshmuxamedova, Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi hamda respublikamizda Ijtimoiy ish yo`nalishi mavjud bo`lgan oliy o`quv yurtlaridan kelgan o`qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

Konferensiya ilmiy-amaliy tavsifga ega bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlarida ijtimoiy ishni o`qitish, davlat boshqaruvi, tashkiloti, idoralari, muassasalari, hamda ijtimoiy, madaniy-ma`rifiy jarayonlarda ijtimoiy ish faoliyatining ilmiy asoslangan yo`nalishlarini ishlab chiqishni asosiy maqsad qilib qo`yadi. 

Rahmonali TURSUNOV,
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani o`rinbosari

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari