"Muhokamada tuproq, iqlim va hosil masalalari"



Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar mutaxassislari, O`zbekiston Milliy universiteti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti, Yuqorivolga Federal agrar ilmiy markazi, Rossiya Fanlar Akademiyasi Belgorod Federal agrar ilmiy markazi, shuningdek ekspertlar, olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tuproqni degradatsiya jarayonidan muhofaza qilish, ularning hosildorligini saqlash, tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish va ularning kimyoviy, fizikaviy, agrokimyoviy, ekologik va meliorativ holatlarini yaxshilashning yangi samarador usullarini qo`llash, mahaliy imkoniyatlaridan kelib chiqib, noan`anaviy o`g`itlar, mahalliy xomashyo asosida tayyorlangan kompostlar, tarkibida oziqa elementi bo`lgan xomashyo va chiqindilardan yangi organo-mineral o`g`itlar olish texnologiyalarini amaliyotga joriy etishga doir muhim masalalar muhokama etildi, bu boradagi ishlarni takomillashtirishga qaratilgan xulosa va tavsiyalar berildi.

Anjumanda ishtirokchilar muhokama etilayotgan masalalar bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ushbu seminar tuproq, iqlim, o`g`it va hosildorlikning dolzarb muammolari va istiqbollari yo`nalishida qo`yilgan dolzarb vazifalarni echishga, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish, fan va amaliyot o`rtasida samarador hamkorlikni rivojlantirish, ta`lim sifatini ta`minlashda Ta`lim-fan va amaliy tajriba negizida tamoyilini izchil qo`llashga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida yosh olimlarning Tuproq unumdorligini oshirishda ekologik sof resurstejamkor texnologiyalar ko`rgazmasi o`tkazildi. Shuningdek, anjumanda Eng yaxshi ilmiy ish nominatsiyalar bo`yicha tanlov natijalari e`lon qilindi. Faol qatnashgan 10 nafar yosh olimlar g`oliblikni qo`lga kiritdilar, diplom va qimmatli sovg`alar bilan taqdirlandilar.

Konferentsiyaning ikkinchi kuni O`zbekiston Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi er resurslaridan oqilona foydalanish va samaradorligini oshirish:tajriba va istiqbollari mavzusidagi davra suhbati, so`ng ushbu qo`mitaning Tuproq bonitirovkasi sho``ba korxonasi Kimyo tahlili laboratoriyasining ochilishi va Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi qoshida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining biologiya fakulteti filialining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari