Kongju Milliy universiteti professori ma`ruzasi katta qiziqish uyg`otdi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida 4-Koreya sanoat rivojlanishi bosqichi mavzuida seminar-trening o`tkazildi. Uni tashkil etishda hamyurtimiz, hozirgi kunda Chungbok davlat universiteti professori Aziz Nasirddinov yaqindan yordam berdi.



Seminar-treningda Koreya Respublikasining Kongju Milliy universiteti professori Meung Seung Ryonning shu mavzudagi ma`ruzasi katta qiziqish bilan tinglandi.



Ma`ruzada bugungi kunda ta`lim va uning rivojlanish bosqichlari, ta`limga yangi innovatsiyalarni joriy etish, internet orqali masofaviy o`qitishni uzluksiz ravishda olib borish samaradorligi asoslab berildi.

Talabalar ushbu mavzuda o`zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

O`zMU Axborot xizmati
Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari