OZMU da Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori ishtirokida davra suhbati bolib otdi


 2019 yil 17 may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning Tarix fakultetida Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) ijtimoiy fanlar  Oliy maktabning direktori, tarix fanlar doktori, professor S.V.Kulik bilan davra suhbati  bo‘lib o‘tdi.  Sankt-Peterburg olimlarining tadqiqotlari, gumanitar fanlar bo‘yicha rus olimlarini o‘rganishning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.  Professor Kulik S.V.  Ikkinchi jahon urushi tarixi, partizan harakati tarixi, urush haqidagi yangi arxiv hujjatlari, Ikkinchi jahon urushidagi O‘zbekistonning roli haqida gapirib berdi.  Scopus, Web of science va boshqa yirik ilmiy axborot bazalarida nashrlarni amalga oshirishda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. davra suhbati davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning Tarix fakultetida va Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) kelgusida ilmiy-tadqiqotlarni, ilmiy anjumanlarni hamkorlikda tashkil etish va birgalikda tadqiqot mavzulari yuzasidan ilmiy toplamlarni tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari