Umumiy ma`lumotlar


Universitetning ilmiy salohiyati haqida 

Hozirgi kunda O`zMUda bakalavr ta`lim yo`nalishlari - 45 ta, magistratura mutaxassisliklari - 68 ta, talabalar soni jami 10403 nafar, shu jumladan qizlar 58,7%, shundan bakalavriatda 9597 nafar (shundan 2159 nafari davlat granti, 7438 nafari to`lov-kontrakti asosida), magistraturada 806 nafar. Professor-o`qituvchilar soni 878 nafar, jumladan O`zR FA akademigi -18 nafar, fan doktorlari-professorlar-186 nafar, fan nomzodlari-dotsentlar - 326 nafar, falsafa doktorlari 18 nafar, katta o`qituvchi va assistentlar - 345 nafar. Professor-o`qituvchilarning ilmiy salohiyati-58,7%, o`rtacha yoshi esa - 44 yoshni tashkil etadi.

Ilmiy-tadqiqotchilar to`g`risida ma`lumot

Bugungi kunda universitetda 10 ta ixtisoslashgan kengashlar, 68 ta ixtisoslik bo`yicha 125 nafar tadqiqotchi (PhD) tayanch doktorantlar, shundan (40 nafari ayollar), 17 nafari, shudan (10 nafari ayollar) doktoranturada (DSc) hamda 41 ta ixtisoslik bo`yicha 184 nafar tadqiqotchilar mustaqil izlanuvchilar sifatida dissertatsiya ishlarini olib bormoqda. 
Universitetda jami 164 ta (68 nafari ayollar) shundan, 158 nafari falsafa doktori (PhD), 6 nafari fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasi bo`yicha mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 
Joriy yilning noyabr oyiga qadar O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashlarda jami 88 ta himoya (2017 yilda himoyalar soni 32 tani tashkil etagan) bo`lib o`tdi. Shundan, jami 41 nafar falsafa doktori (PhD) bo`lib, shundan 22 nafari tayanch hamda 19 nafari mustaqil tadqiqotchilar, Doktarantura (DSc) bo`yicha jami 11 nafar, shundan 7 nafari doktarantlar va 4 nafari mustaqil tadqiqotchilar tashkil etadi. 
So`nggi uch yil davomida universitetning professor-o`qituvchi va tadqiqotchilaridan 67 nafari falsafa doktori (PhD) va 44 nafari fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoya qilingan. 
Bugungi kunda 15 ta xorijiy davlatlarning nufuzli OTMlarida O`zMU bitiruvchilaridan 37 nafari magistraturada, 16 nafari (PhD),          3 nafari (DSc) doktoranturada tahsil olishmoqda, 5 nafar professor-o`qituvchilar esa stajirovka o`tamoqda. 
2018-2019 o`quv yilining noyabr oyi holatiga ko`ra 131 nafar professor-o`qituvchi, 8 nafar doktorant, 28 nafar magistrant va bakalavrlar chet el OTMlarda malaka oshirdi. Jami: 167 nafar (2017 y. 148 nafar; 12,8% o`sish).
Universitetda 2018 yilning noyabr oyi holatiga ko`ra 35 nafar professor-o`qituvchilari hamda tadqiqotchilarining ilmiy monografiyalari Ilmiy-texnikaviy kengashdan texnik ekspertizadan o`tkazilib nashr etildi. 

Talabalar uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari to`g`risida ma`lumot

Deyarli barcha talabalarning katta orzu va maqsadi bo`lmish imtiyozli davlat stipendiyalari har yili o`zining yangidan yangi egalarini topib bormoqda. Davlat stipendiyasi sohibiga aylanish talaba uchun nafaqat moddiy rag`bat, yuksak nom va e`tirof hamdir. Xo`sh, minglab, boringki millionlab talabgorlarni o`ziga ohanrabodek chorlaydigan prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalarini 2018-2019 o`quv yili uchun universitetning 5 nafar talabalari shu jumladan 1 nafar magistr O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi (Fizika-matematika va kimyo-biologiya ta`lim yo`nalishida), 2 nafari A.Navoiy nomli davlat stipendiyasi (Chet tillar ta`lim hamda ijtimoiy-gumanitar ta`lim yo`nalishlarida), 1 nafari I.Karimov nomli davlat stipendiyasi (Fizika-matematika va kimyo-biologiya ta`lim yo`nalishida) hamda 1 nafar talaba M.Ulug`bek nomli davlat stipendiyasi (Fizika-matematika va kimyo-biologiya ta`lim yo`nalishida) g`olibi bo`ldi. 

Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi va xo`jalik shartnomalari

 O`zbekiston Respublikasi Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlangan davlat byurutmasi asosida belgilangan ilmiy tadqiqotlar uchun davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalar amalga oshiriladi.  
Universitetda i davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, xorijiy grantlar, xo`jalik shartnomalari, litsenzion shartnomalar, innovatsion hamkorlik korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, ko`rsatilgan xizmatlar yuzasidan ajratilgan mablag`larning ustama xarajat mablag`lari hisobidan va O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ta`qiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
Joriy yilda universitet professor-o`qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida jami 117 ta loyiha bo`yicha 7417,7778 mlrd. so`mlik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, 55 ta 3384,884 mln. so`mlik fundamental, 38 ta 2809,975 mln.so`mlik amaliy, 3 ta 262,695 mln. so`mlik inovatsion, 5 ta O`zbekiston-Rossiya qo`shma shartnomasi hamda 16 ta 576,9658 mln. so`mlik xo`jalik sharnomalari hamda patentlar soni 30 tani tashkil etadi. Ushbu ilmiy-tadqiqot loyihalariga 150 dan ortiq bakalavr va magistrantlar jalb etilgan. 
2017 yilda esa, universitet professor-o`qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida jami 167 ta loyiha bo`yicha 9690,965 mlrd. so`mlik tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, 69 ta 4133,417 mln. so`mlik fundamental, 69 ta 3792.0856 mln.so`mlik amaliy, 8 ta 627,8049 mln. so`mlik inovatsion, 5 ta 260,241 mln. so`mlik noyob ob`ekt va 16 ta 877,4153 mln. so`mlik xo`jalik sharnomalari tashkil etilgan. 

 


Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari