Tanlovlar loyihalar va grantlar

Tanlovlar loyihalar va grantlar

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2021 yillarga mo`ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar
tanlovini e`lon qiladi.
Mazkur tanlov amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovining II bosqichiga loyihalar taqdim etilmagan yoki faqat bir dona loyiha kelib tushgan mavzular bo`yicha qayta e`lon qilinmoqda.
 
 Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2021 yillarga mo`ljallangan amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar loyihalari quyidagi fan yo`nalishlari bo`yicha e`lon qilinadi:
1.  Texnika fanlari
2.  Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
3.  Farmakologiya va farmatsevtika fanlari
4.  Er to`g`risidagi fanlar
5.  Kimyo fanlari
6.  Tarix va ijtimoiy fanlar
Amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar hamda dolzarb tematik mavzular bo`yicha tanlovlar bosqichma-bosqich e`lon qilib boriladi.
Amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar, dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovi topshiriqlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, ma`ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yig`ilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xo`jalik boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari va vazifalari asosida shakllantirilgan.
Taqdim etilgan loyihalar va innovatsion ishlanmalar www.fan-portal.uz veb-sahifa orqali elektron ro`yxatdan o`tkazilishi shart. Elektron ro`yxatdan o`tmagan amaliy loyihalar va innovatsion ishlanmalartanlovga qabul qilinmaydi.
Qog`oz shaklda taqdim etilgan loyihalar faqat ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha direktor o`rinbosarlari, oliy ta`lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari   imzolagan yo`llanma xati asosida qabul qilinadi.
Loyiha matni A4 formatdagi standart qog`oz varag`ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,15 qator oralig`ida yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o`ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo`lishi lozim.
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda Times New Roman 12 o`lchamli shriftda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Betlar titul varag`idan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o`ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag`iga 1 raqami qo`yilmaydi.
Loyiha har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.
Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan  ilmiy ishlar ro`yxati (oxirgi 3 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya; patent; ilmiy maqola; ilmiy to`plamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4-shaklga qat`iy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Elektron ro`yxatdan o`tkazilgan amaliy loyihalar va innovatsion ishlanmalar Innovatsion rivojlanish vazirligida 2018 yilning 30 noyabriga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Vazirlik binosida qabul qilinadi.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat`iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko`chirmachilikka (plagiat) yo`l qo`yilmaganligi bo`yicha dastlabki texnik ekspertizadan o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so`ng to`liq tijoratlashtirilishi shart.
Taqdim etiladigan loyihalarga tegishli vazirliklardan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotning tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi ta`kidlangan hamda tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) Kengashlari tomonidan tavsiya etilganligi haqidagi qaroridan ko`chirma ilova qilinishi lozim.
Tanlov o`tkazilishining ob`ektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta`minlash maqsadida loyihalarni qabul qilish, ekspertizasini amalga oshirish, maxsus belgilangan xonalarda videokuzatuv vositalari (kameralar) orqali yozib olinadi.
Taqdim etilgan loyihalardagi ma`lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi hamda tanlov g`oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to`la va o`z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori tashkilotlar mas`ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Belgilangan muddatda fan yo`nalishlari bo`yicha elektron va qog`oz shakllarda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi. Tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda tanlov o`tkazilmaydi.
Ma`lumot uchun telefonlar: 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`limi (onlayn ro`yxatdan o`tish bo`yicha): 256-34-37.
Info-fan (qo`shimcha m`lumot uchun): tel.: 203-32-32

Batafsil ma`lumotni ko`rish uchun ushbu xavolaga o`ting : mininnovation.uz

Asosiy korsatkichlar
1200 -
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari