Olimning reytingi

Universitet olimlari haqida

1918-yilda Toshkentning eski shahar qismida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoja Behbudiy, Abdulla Avloniy singari ma‘rifatparvarlar tashabbusi bilan milliy dorilfunun tashkil qilingan. Universitet dastlab, ya‘ni 1918-yildan Xalq universiteti degan nom bilan faoliyat korsatgan. 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan esa Orta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan 2000-yilgacha Toshkent davlat universiteti deb yuritilgan. 1995-yil 14-sentyabrda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulugbek (Muhammad Taragay Ulugbek) nomi berildi. 
Fakultetlar:
1.Tarix fakulteti
2.Kimyo fakulteti
3.Fizika fakulteti
4.Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti
5.Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
6.Iqtisodiyot fakulteti
7.Jurnalistika fakulteti
8.Xorijiy filologiya fakulteti
9.Matematika fakulteti
10.Biologiya fakulteti
11.Taekvondo va sport faoliyati fakulteti
12.Ijtimoiy fanlar fakulteti
Universitet nafaqat respublikada, balki mintaqada ilk tashkil etilgan oliy talim muassasasi hisoblanadi. Universitet olimlari va oqituvchilari jamoasining ilm-fan, talim, marifat sohasidagi, ilmiy tadqiqot, talim tizimini shakllantirishdagi alohida orni va xalqaro nufuzini etiborga olib, 2000-yil 28-yanvarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq mazkur ilm maskaniga "Milliy universitet" maqomi berildi.
Obekiston Milliy universitetida taxsil olgan juda koplab olimlar etishib chiqdi, xususan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari (A.A.Abduvahobov, J.A. Azimov, T.A.Azlarov, Sh.A.Alimov, Sh.A.Ayupov, T.N.Dolimov, T.J.Joʻrayev, T.S.Yoʻldoshboyev, A.T.Mamadalimov, J.A.Musayev, M.M.Musaxonov, A.R.Muhammadjonov, T.M. Moʻminov, N.A.Parpiyev, S.Sh.Rashidova, M.Salohiddinov, Sh.I.Solihov, N.Yu.Sotimov, B.O.Toshmuhamedov, S.Sh.Shermuhamedov va boshqalar) bor. Universitetda muhim fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy maktab va yoʻnalishlar yaratildi. Xususan, universitet olimlarining mat. va mexanika (V.I.Romanovskiy, T.A. Sarimsoqov,S.H. Sirojidsinov, Sh.Q. Farmonov, T.A.Azlarov, M.S. Salohiddinov,A.S. Sadullaev, Sh.A. Ayupov, Sh.O.Alimov, M.T.Oʻrozboyev, A.Begmatov), fizika (S.V.Starodubsev, O. Xolmuhamedov, Sh.Otajonov, S.U. Umarov, R.X.Mallin, kimyo (O.S.Sodiqov, R.Tillayev, K.S.Ahmedov, Oʻ.N.Musayev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov), biol. (Ye.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.T.Toʻlaganov, A.Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo (S.N.Rijov, X.A.Abdullayev), biokimyo va biofizika (Yo.X.Toʻraqulov), baland togʻlarni oʻzlashtirish (I.A.Raykova), genetika (JA.Musayev), geol. (A.S.Uklonskiy, O.I.Islomov, T.N.Dolimov), geogr. (L.N.Korjenevskiy, A.Soliyev, Z.M.Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A.T. Ayupov, K.S.Sodiqov, E.Yusupov, S. Shermuhamedov, J.M.Boboyev, I.Rahimov), tarix (V.V.Bartold, A.A.Semyonov), huquqshunoslik (H. S.Sulaymonova, O.E.Eshonov, Sh.Z.Oʻrazayev), sharqshunoslik (Sh.Shomuhamedov), filol. (Gʻ.K.Karimov, O.Sharafiddinov, S.D. Dolimov, A.Gʻ.Gʻulomov, L.P.Qayumov, B.Qosimov, U.Normatov, A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev), psixologiya (E.Gʻoziyev), sotsiologiya (N.Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.
Uni tashkil topgandan beri mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi. Universitetda taniqli shoir va yozuvchilardan Oybek, M.Avezov, A.Qahhor, A.Muxtor, P.Qodirov, O.Yoqubov, Oʻ.Hoshimov, Oʻzbekiston Qahramonlari O.Sharafiddinov, A.Oripov, E.Vohidov va boshqalar oʻqigan.
Unda "OʻzMU xabarlari" jurnal (1997) va "Milliy universitet" gaz. (1918) chiqadi. universitet oʻz bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili professor-oʻqituvchilarning 1000 dan ortiq ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.



Asosiy korsatkichlar
899 -
6078 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
35 Talim yonalishlari