O'zMU » Universitet kengashi xabarnomasi » Universitet kengashi xabarnomasi: 2013 yil 25 dekabr

2013 yil 25 dekabr soat 14-00 da O'zMU Madaniyat saroyining kichik zalida Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'ladi.

Kun tartibi:

 

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2013 yil 6 dekabr kuni O'zR Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi va unda belgilangan vazifalar xususida.

Ma'ruzachi: Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha prorektor B.E.Xusanov

2. O'zMU Ilmiy-tadqiqot bo'limining 2013 yil uchun hisoboti va 2014 yil ish rejasini tasdiqlash.

Ma'ruzachi: Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor B.E.Xusanov

3. Universitet o'quv adabiyotlarining 2013 yil nashr rejasini bajarilishi va 2014 yil nashr rejasini tasdiqlash.

Ma'ruzachi: O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i muovini D.O.Tolipov

4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayoniga tadbiqi xususida

Ma'ruzachi: prorektor B.A.Shoimkulov

5. O'zR VM ning 2012 yil 4 martdagi "2012 yilda V Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyixalar Respublika yarmarkasini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 220-F farmoyishini Ilmiy bo'limdagi ijrosi xususida.

Ma'ruzachi: Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.E.Xusanov

6. O'zR Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PF-4456 sonli Farmonini Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazidagi ijrosi xususida

Ma'ruzachi: Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor B.E.Xusanov

7. O'zR VM ning 2012 yil 21 maydagi "O'zR ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 219-sonli qarorini universitetning barcha fakultetlaridagi ijrosi xususida

Ma'ruzachi: Ichki nazorat va monitoring bo'limi boshlig'i J.O.Xudoyberdiyev

8. O'zR VM ning "Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta'minlash, ularning fondini tizimli ko'paytirish va boyitish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2012 yil 9 iyuldagi 202-son qarorini Tarix fakulteti va Axborot resurs markazidagi ijrosi xususida

Ma'ruzachi: Ichki nazorat va monitoring bo'limi boshlig'i J.O.Xudoyberdiyev

9. Turli masalalar:

a) Fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlari bilan ishlash bo'yicha ma'lumot.

Ma'ruzachi: xuquqshunos-maslaxatchi G.H.Yahyayeva

b)  Professor-o'qituvchilar tomonidan yaratilgan o'quv adabiyotlarini O'zR OO'MTV ning Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya etish to'g'risida

Ma'ruzachi: o'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i muovini D.O.Tolipov

 

Ilmiy kotib - M.A.Sultonova