Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Аtom energiyasi boʼyicha xalqaro agentlik vakili bilan uchrashuv

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti fizika fakulьtetida Аtom energiyasi boʼyicha xalqaro agentlik (АEXА-MАGАTE) vakili Genrix Xristof (HEINRICH Christoph) fakulьtet dekani Gʼ.B. Eshonqulov, “Yadro fizikasi” kafedrasi mudiri S.R. Polvonov, kafedra professori I. Xolbaevlar bilan uchrashdi. Shuningdek uchrashuvda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimi Sh.B. Аrslonova ham ishtirok ham etdi.
Uchrashuvda "UZB0006 Building Capacity in the Peaceful Use of Nuclear Science and Technologies at the National University of Uzbekistan and the Samarkand State University" xalqaro loyihasining bajarilishi, loyiha doirasida universitetda tashkil qilinadigan «Yadro elektronikasi» va «Radioekologiya va dozimetriya» oʼquv laboratoriyalari uchun olinadigan jihozlarning texnik talabalari va yetkazib berish muddatlari muhokama qilindi.
Fizika fakulьtetida “Tibbiyot fizikasi” va “Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari” mutaxassisliklar boʼyicha kadrlar tayyorlashda oʼzaro hamkorlik masalalari koʼrib chiqildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi