Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Аkademik Vladimir Kvint Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi

Аyni vaqtda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalar” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasi xorijiy aʼzosi Vladimir Lvovich Kvint Oʼzbekiston Milliy universitetida maʼruza oʼqimoqda.

“Strategiyalashning nazariy va uslubiy asoslari” mavzusida boʼlib oʼtayotgan mazkur maʼruzada universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, masʼul-xodimlar, professor-oʼqituvchilar ishtirok etmoqda.

Maʼlumot oʼrnida, Oʼzbekiston Milliy universitetida 2023-yilning oktyabrida “Davlat va korporativ strategiyalar” kafedrasi tashkil etilgan. Mazkur kafedra Vladimir Lvovich ilmiy rahbarligida faoliyat koʼrsatadi.