Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda! Qutlug` sanaga oz qoldi!

Аrxiv bo'limi

Gafurova Dildora Rustamdjanovna - Bo'lim boshlig'i

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Shanba, 14:00 – 17:00

+998 71 227 10 46

E-mail:


Universitet аrxiv boʼlim quyidаgi ishlаrni аmаlgа oshirаdi

Universitet arxivi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta mahsus taʼlim vazirligi, universitet rektorining buyruqlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzarxiv” agentligi qoidalari, yoʼriqnomalari, universitet Ustavi va arxiv Nizomiga amal qiladi.

Oʼzbekiston Respublikasining “Аrxiv ishi toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq hujjatlarning saqlanishini taʼminlash, hisobini olish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish uchun universitetda rektor buyrugʼiga muvofiq idoraviy arxiv faoliyat yuritadi.

Universitet arxivi universitet rektori tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq ishlaydi va oʼz faoliyati haqida unga hisobot beradi.

Аrxiv universitet fakulьtetlari, kafedralari va tarkibiy boʼlinmalar ish faoliyati jarayonida shakllangan, ish yuritish davomida tugallangan hamda amaliy jihatdan arxivni tashkil etish imkoniyati boʼlmagan tarkibiy boʼlinmalar, universitet tizimida boʼlib tugatilgan hamda undan oldin faoliyat koʼrsatilgan boʼlinmalar hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va doimiy saqlov uchun Toshkent shahar davlat arxiviga topshirishdan iborat.

Universitetning Kadrlar boʼlimi va Devonxona xizmati bilan birgalikda tarkibiy boʼlinmalar yigʼma jildlarning toʼgʼri shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi, yigʼma jildlar roʼyxatini tuzishda ishtirok etadi.

Аrxivga hujjatlarni qabul qilish tashkilot rahbari imzolagan reja-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni qabul qilish uchun ularga tegishli EK(ekspert kommisiyasi) tomonidan tasdiqlangan roʼyxatlar boʼyicha tartibga keltirilgandan soʼng amalga oshiriladi. Hujjatlarni saqlovgv qabul qilishda hujjatlarning mavjudligi, fizik holati va ilmiy texnikaviy ishlov berish sifati tekshirib olinadi.

Аrxivga hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish topshirish-qabul qilib olish dalolatnoma asosida amalga oshiriladi. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi jamlash manbaiga qaytarib beriladi.

Аrxiv hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor ichki idoralarga, ham yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar hujjatlaridan koʼchirmalar va nusxalar beradi.

Аrxiv jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni amalga oshiradi va belgilangan shaklda ularning hisobini olib boradi. Аrxivning rahbariyati va maʼsul xodilari jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va ularning soʼrovlarini koʼrib chiqishni tashkil qilishga shaxsan javobgardirlar.