АYOLLАRNING YORUGʼ KELАJАKKА ISHONCHI ORTMOQDА

Xotin-qizlari eʼzozlangan jamiyat eng madaniy jamiyatdir. Аyollarga mehr va eʼtibor koʼrsatilgan davlat chinakam insonparvar davlatdir. Zero, ayol – kelajak nasllarni dunyoga keltiruvchi moʼʼtabar ona, muqaddas Vatanga va butun Yer yuziga tinchlik-ofiyat soʼrab duo qiluvchi mushtipar opa, mushfiq singil. Muhabbat deb atalmish moʼʼjizakor neʼmatni qalbida saqlovchi, sadoqat va matonat timsoli boʼlgan vafodor yordir. Shunga koʼra, ayolga koʼrsatilgan eʼtibor bugungi kunning baxtu quvonchga toʼliq, istiqbolning yorugʼ va nurafshon boʼlishiga koʼrsatilgan eʼtibordir. Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlar muammolarini hal qilish va ularni qoʼllab-quvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishi, shu maʼnoda, beqiyos ahamiyatga ega.
Xotin-qizlar bilan bogʼliq biror masala davlatimiz rahbarining eʼtiboridan chetda qolmagani, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Аslida, jamiyat taraqqiyoti uchun benihoya muhim boʼlgan bu masala Yurtboshimizning doimiy eʼtiborida ekani har birimizga ayon. Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashini tashkil etish taklifini bildirgani hammamizni quvontirgan edi. Senat raisi Tanzila Norboeva boshchiligida ushbu kengash tuzilgani, kengash xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash, bilim va kasbiy koʼnikmalar egallab, munosib ish topishlariga koʼmaklashish, salomatligini saqlash, uy-joy masalalarini hal etish borasida tizimli ish olib borishi rejalashtirilayotgani mamlakatimizda bu masalaga davlat siyosati darajasida diqqat qaratilayotgani isbotidir.
Hokimlar va sektor rahbarlariga “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini taʼminlash boʼyicha koʼrsatmalar berilgani birorta ham ayolning eʼtibordan chetda qolmasligini taʼminlashi jihatidan muhimdir.
Аyollar salomatligini asrash, ularni uy-joy bilan taʼminlash, yashash sharoitlarini zamon talablari darajasiga koʼtarish kabi benihoya muhim va dolzarb masalalarga shaxsan davlatimiz rahbari eʼtibor qaratayotgani yangi Oʼzbekistonda yashayotgan barcha ayollarning ruhini koʼtardi. O`zbekiston Milliy universiteti tomonidan 204 nafar 4-bosqich bakalavr bitiruvchi qizlar hamda 48 nafar magistrlar universitet fakultetlariga ishchi-xodim va sekretar lavozimlariga darsdan so`ng ishlashlari uchun ish bilan ta`minlandi.
O`zbekiston Milliy universiteti xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan moddiy yordamga muhtoj universitetda faoliyat olib kelayotgan farroshlar, texnik xodimlar, qorovullar, duradgorlar, bog`bonlar uchun bepul shifokor ko`rigi tashkil qilinib, ularga bepul konsultatsiya va labaratoriya ko`rigidan o`tkazildi. Shuningdek, yozgi ta`til davrida universitetga qarashli Chorvoq dam olish maskaniga yo`llanma berildi. O`zbekiston Milliy universitetida bunday tadbirlar muntazam ravishda o`tkazib boriladi.
Raʼno Rustamova,
Oʼzbekiston Milliy universiteti
xotin-qizlar kengashi raisi