Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

ROSSIYA FEDERATSIYASINING M.V.LOMONOSOV NOMIDAGI SHIMOLIY ARKTIKA UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Bugun, 2022-yil 23-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Rossiya federatsiyasining M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy Arktika universiteti vakillari tashrif buyurishdi. Mazkur universitet bilan shu yilning iyul oyida tuzilgan shartnomaga muvofiq ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalari o‘rganib chiqildi.

Xususan, O‘zMUning rus tilshunosligi kafedrasi bilan ayni paytda olib borilayotgan o‘quv amaliyoti va uning istiqbollari muhokama etildi. Magistratura bosqichi talabalari va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi.

Shuningdek, mazkur universitet bilan xalqaro reytinglarda ishlash tajribasi bo‘yicha kerakli maʼlumotlar muhokama etildi. Tashrif yakunida faol hamkorlik to‘g‘risida kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi