Tojikistonning M.Nazarshoev nomidagi Xorog davlat universiteti vakillari tashrif buyurishdi

2022 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy universitetiga Erasmus+ dasturi doirasida UNICAC (“University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China”) loyihasi doirasida Tojikistonning M.Nazarshoyev nomidagi Xorog davlat universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad universitetlar tajribasini o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish hamda akademik mobillikni faollashtirishdan iborat.
Tojikistondagi yosh universitetlardan hisoblangan M.Nazarshoyev nomidagi Xorog davlat universiteti vakillari O‘zMUda bir hafta mobaynida o‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi faoliyatlarda o‘z tajribalarini oshirib borishadi. Shuningdek, tashrifdan tarixiy-madaniy obidalar va muzeylar bilan tanishish ham o‘rin olgan.



Xalqaro aloqalar bo'limi