Uchinchi renessans – Ilm-fan va maʼnaviyatga yuksak eʼtibor ifodasi

Ilm-fan rivojlangan, raqamli iqtisodiyot amaliyotga keng kirib borayotgan, axborot texnologiyalari barcha sohani butqul qamrab olgan davrda Oʼzbekiston yangi bir uygʼonish davriga poydevor yaratilayotganini yoshlarga keng maʼnoda tushuntirish maqsadida 12-sonli Talabalar turara joyida “Kafedra kuni” doirasida Matematika fakulьteti “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi mudiri Olimjon Sharipov boshchiligida kafedra professor – oʼqituvchilari uchrashuv boʼlib oʼtdi. Dastavval professor – oʼqituvchilar talabalar xayoti bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ayniqsa 5-muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan ochiq fondli fakulьtet kutubxonasining talabalar turar joyidagit filial kutubxona faoliyati bilan va uning fondidagi kitoblar bilan tanishdilar. Shundan soʼng talabalar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi.

Bugun Oʼzbekiston uchinchi Renessans ostonasida turgani aytilmoqda. Ilm-fan rivojlangan, raqamli iqtisodiyot amaliyotga keng kirib borayotgan, axborot texnologiyalari barcha sohani butqul qamrab olgan davrda Oʼzbekiston yangi bir uygʼonish davriga poydevor yaratmoqda. Davlatimiz rahbari Mustaqilligimizning yigirma toʼqqiz yilligiga bagʼishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Xalqimizning ulugʼvor qudrati joʼsh urgan hozirgi zamonda Oʼzbekistonda yangi bir uygʼonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat boʼladi. Chunki bugungi Oʼzbekiston – kechagi Oʼzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas” deb alohida taʼkidladi.

Tadbirni kirish soʼzi bilan ochgan dekan muovini Baxtiyor Mamasoliev bugungi tadbir mazmun mohiyati boʼyicha maʼruza qildi. Bizning buyuk tariximiz bor. Ilmu maʼrifat, maʼnaviyat, madaniyat va qoʼyingki, barcha sohalarda ilgʼor boʼlgan buyuk ajdodlarimiz dunyo sivilizatsiyasining tamal toshini qoʼyganlar. Oʼsha davrlarda ham uzoq muddatli turgʼunliklar va ijtimoiy ong hamda qadriyatlarda yangi sifat bosqichiga chiqish holatlari kuzatilgan. Yaʼni Renessans – uygʼonish, qayta tugʼilish, boshqacha mazmunda ifoda etganda maʼnaviy-maʼrifiy, mafkuraviy negizda yuksak axloq va ilm-maʼrifatga chanqoqlik ustuvor maʼno kasb etganligi haqida batafsil soʼzladi.Bugungi tadbir talabalar turar joyida anʼanaga aylangan kafedra kuni doirasida oʼtkazilayotganligini hamda tadbir mavzusidan kelib chiqib nechogʼli muhim ekanligini aytib soʼzni kafedra mudiri Olimjon Sharipovga berdi.

Kafedra mudiri Olimjon Sharipov tadbirga tashrif buyurgan kafedra aʼzolari bilan yigʼilish ishtirokchilari boʼlgan talabalarga tanishtirib oʼtdi. Maʼruza avvalida kafedrada faoliyat yuritib kelayotgan fan toʼgaraklari haqida maʼlumot berib, yoshlarni mazkur toʼgaraklarga taklif etdi. Kafedrada faoliyat yuritayotgan toʼgaraklar hamda ilmiy maktablar haqida qisqacha talabalarga maʼlumot berib oʼtdi. Xususan OʼzFА akademigi S.X.Sirojididnovning ilmiy maktabi faoliyati va bugungi kunda ilmiy maktabning aʼzolari ustoz Sh.Farmonov ilmiy yoʼnalishlari haqida soʼzladi. Dekan muovini Baxtiyor Mamasoliev fikriga qoʼshimcha qilgan holda, Tarixning guvohlik berishicha, xalqimiz ikki Renessansni boshidan kechirgan. Uzoq tarixni oʼz ichiga olgan bu ikki uygʼonish davrida buyuk allomayu donishmand xalqimiz Sharqni dunyo sivilizatsiyasi beshigi ekanligini amalda namoyon etishgan. Birinchi Renessans taxminan X-XII asrlarda ilm-fanda inqilob yaratgan buyuk ajdodlarimiz - Fargʼoniy, Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʼariy, Mahmud Zamaxshariy, Buxoriy, Termiziy, Motrudiy, Аbul Muin Nasafiy yashab oʼtgan davrlarga toʼgʼri keladi. Ikkinchi Renessans esa XIV-XVI asrlarda yashab oʼtgan donishmand bobokalonlarimiz Mirzo Ulugʼbek, Gʼiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Аli Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod faoliyati va ijodi bilan chambarchas bogʼliqligi haqida soʼzladi. Kafedra dotsenti А.Muxamedov Kafedra mudiri, professor Olijon Sharipov maʼruzalariga qoʼshimcha qilgan holda. Ikkila Renessansda ham buyuk ajdodlarimiz dunyo tamadduniga ulkan hissa qoʼshishgan, madaniyatda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada halollik, adolat tamoyillariga qatʼiy amal qilib, ilm choʼqqilarini zabt etishgan, dunyoni hayratda ushlab turishgan. Xuddi shunday bugun yurtimiz haqida fikr yuritilganda “Yangi Oʼzbekiston”, ”Taraqqiyotning yangi bosqichiga kirib borayotgan mamlakat” kabi iboralar ishlatilayapti. Bu qoʼlga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlarimizning amaliy samarasi desak mubolagʼa boʼlmaydi. Demak, tiklanishlarimiz yuksalishlarga yoʼl ochmoqda. Yuksalish esa raqamli, smart iqtisodiyotga oʼtish, ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish, robotlashtirish va shu bilan birga oʼzligimizni maʼnaviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishni taqazo etadi. Bu ulugʼvor maqsadlar yoʼlida har bir soha vakillari, xususan oliy taʼlim muassasalari, professor – oʼqituvchilar va talaba-yoshlar ham oʼz kuchi va imkoniyatiga ishongan holda taraqqiyotning mutloqa yangi bosqichiga qadam qoʼyayotganimizni yurakdan his qilib, faoliyat olib borishlari zarur.

Tadbir soʼngida B.Mamasoliev bugungi tadbir, talabalarni yagona gʼoya yaʼni mamlakat taraqqiyoti yoʼlida birlashtirib, ularning siyosiy ongi, tafakkuri va mafkurasida jamiyat – islohotlar tashabbuskori gʼoyalarini singdirishga xizmat qilishi haqida soʼzladi. Zero, bugun yoshlar oldida turgan ulugʼ vazifalardan eng muhimi, keng jamoatchilikni oʼzgarayotgan, yangilanayotgan Oʼzbekistonning tashabbuskori va bunyodkori boʼlishga daʼvat etishdan iboratdir. Bu yoʼlda olib borayotgan barcha saʼy-harakatlarimizni yanada zalvorli boʼlishida oʼzimizda kuch topishimiz zarurligini taʼkidlab, qimmatli vaqtlarini ayamasdan kelib chiroyli maʼruzalari bilan faol ishtirok etgan Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri O.Sharipov va kafedra aʼzolariga hamda talaba yoshlarga minnatdorchilik bildirdi.