Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMU axborot-resurs markazida O’zMU olimlari boshchiligida “Iqlim o’zgarishi sharoitida gidrometeorologig tadqiqodlar : dolzarb muammolar va ularning yechimlari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konfirensiya bo’lib o’tdi

Yangi O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash hamda global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Malakatimiz iqtisodiyotning suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, energetika, shaharsozlik, sanoat, transport, turizm, mudofa sohalari gidrometeorologik, aniqrog‘i ob-havo va iqlimiy ma’lumotlarga katta ehtiyoj sezadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev iborasi bilan aytganda “Gidrometeorologiya xizmati qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, ekologiya kabi bir qancha sohalar uchun juda muhim. Gidrometeorologiya xavfsizligimizni ta’minlaydigan muhim sohalardan biri”.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentyabrda  BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Davrimizning o‘tkir muammolaridan yana biri – global iqlim o‘zgarishlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirmoqda”, deb ta’kidlab o‘tgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil   17 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4896-sonli Qarorni imzolangan. Unda mamlakatimizda gidrometeorologiya xizmatini yangi bosqichga ko‘tarish va sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash borasida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida yangi -Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etildi. Ushbu fakultetda ayni kunda 7 ta fan doktori-professorlar, 10 dan ortiq fan nomzodlari, 500 dan ortiq bakalavrlar hamda, 38 nafar magistrlarga saboq bermoqdalar.

Shuningdek, ya’ngi fakultetda joriy o‘quv yilining o‘zida 2 nafar fan doktori (DSc) va 5 nafar falasafa doktorilari tayyorlandi. Ayni kunda fakultetda 6 nafar tadqiqotchilar tayanch dotaranturada tahsil olmoqdalar.

Bugungi konferensiyaning asosiy maqsadi Prezident qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini  ta’minlashga qaratilgan.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi №101-F sonli Farmoyishi asosida tashkil qilindi. Konferensiya mavzui “Iqlim o‘zgarishi sharoitida gidrometeorologik  tadqiqotlar: dolzarb muammolar va ularning yechimlari” deb nomlanadi. Anjuman Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Gidrometeorologiya xizmati markazi - O‘zgidromet va O‘zbekiston geografiya jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Alohida ta’kidlash lozimki, konferensiya gidrometeorologiya sohasida 4 ta fan doktori va 11 ta fan nomzodi va falsafa doktorlarini tayyorlagan, geografiya fanlari doktori, professor F.Hikmatovning 70 yillik yubileyi doirasida o‘tkazilmoqda.

Anjuman ishida Germaniya (Postdam iqlim ta’sirini o‘zganish instituti; Chuchuk suv resurlari instituti; Ichki baliqchilik xo‘jaligi instituti), Rossiya (M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti; Boshqirdiston davlat universiteti; Rossiya FA Okeanologiya instituti), Belarus (Belarus davlat texnika universiteti), Qozog‘iston (Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti; Xo‘jaahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro instituti), Tojikiston (Tojikiston Milliy universiteti; Tojikiston Milliy suv muammolari, ekologiya va gidroenergetika instituti) davlatlaridan yirik olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar

O’zMU Axborot xizmati