1-kurs Falsafa yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi talabalari o‘rtasida birlamchi manbaalar asosidagi mustaqil ish uchun tayyorlangan videoroliklar tanlovi bo’lib o’tdi

Mazkur tanlovda 1-kurs Falsafa yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi talabalari o‘rtasida kredit modul tizimi talabiga ko‘ra mustaqil soatlarni bajarish uchun mutoalaga berilgan “Qonunlar” Aflotun, “Permenid dialogi” Aflotun, “Qadimgi yunoniston afsona va rivoyatlari” N.A.Kun, “Ramayana dostoni”, “Mahabxarata dostoni”, “Kalila va Dinna” asarlari videotaqdimotiga asoslanuvchi videoroliklar to‘plandi.



Unda
- Berilgan asarning qamrab olinganligi;
- Hayotiy misollar bilan boyitilganligi;
- Bugungi kun bilan bog‘langanlishi;
- Taqdimotning turli hil foto, video, audio materiallar bilan boyitilganligi;
- Akademik tilda ifodalanganligi
- Keratik yondashuv kabilar baholash mezoni sifatida belgilab olindi.
Tanlovga kelib tushgan 40 ga yaqin videorolikdan quyidagilar sovrindor sifatida tanlab olindi.
1-o‘rin
1-kurs Falsafa yo‘nalishi sirtqi talabasi Karimov Nurali. “Ahloqi kabir” asari uchun
2-o‘rin
1-kurs Falsafa kunduzgi talabasi Xazratova Saodat. Aftolunning “Parmenid dialogi” asari uchun
3-o‘rin
1-kurs Falsafa sirtqi talabasi Baxromova Husnobod “Kalila va Dimna” asari uchun
G`oliblarni Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz.
O`zMU Axborot xizmati