15-May Xalqaro oila kuni. “Ayolga ehtirom-baxtli oila kaliti”




2022-yil 13-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ARMni katta zalida Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan “15-may Xalqaro oila kuni”ni munosib nishonlash maqsadida “Oila muqaddas dargoh.Ayolga ehtirom-baxtli oila kaliti”deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘’jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi.
BMT Bosh Assanbleyasining 1993 yil 15 may kunidagi rezolyutsiyasiga asosan ushbu kun butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb e’tirof etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808 qaroriga asosan 15 may Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Oila jamiyatning asosiy elementi sifatida insoniy qadriyatlar, madaniyat va avlodlarning tarixiy davomiyligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Oila tufayli davlat mustahkamlanadi va xalqning turmush farovonligi ortadi. Tadbirda O‘zMU Xotin-qizlar kengashi raisi, rektor maslahatchisi R.Rustamova, O‘zMU xotin-qizlar masalasi bo‘yicha dekan maslahatchilari, Olmazor tumani xokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Dadaxodjayeva, Xalq deputatlari Olmazor tumani kengashi deputati N.Bozorova, T.Eshbekov, Jurnalist-shoira Ozoda Bekmurodova va talaba yoshlar ishtrok etishdi.
O‘zMU Axborot xizmati