Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMU professor-o‘qituvchilari Bolgariyadagi universitetda

Oʻzbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti Fotonika kafedrasi mudiri Axmadjanov Turgunali, Yarimoʻtkazgichlar va polimerlar fizikasi kafedrasi mudiri v.b. Nasirov Abdumanap va Fotonika kafedrasi dotsenti Vildanov Ramil Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining “SPACECOM: New study program in space systems and communications engineering” loyihasi doirasida 2023-yil 19-martdan 2023-yil 25-martgacha Bolgariyaning Sofiya texnika universitetida boʻlib oʻtadigan yigʻilishda ishtirok etishmoqda.
Safar mobaynida loyiha mavzusi boʻyicha seminar treninglarda qatnashish, tajriba almashish va Sofiya texnika universiteti Mexatronika va toza texnologiyalar milliy markazi bilan tanishish, Sofiya texnika universitetida olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

O‘zMU Axborot xizmati