2022-YIL YAKUNLARI: NATIJALAR VA ISTIQBOL REJALARI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida "2022-YIL YAKUNLARI: NATIJALAR VA ISTIQBOL REJALARI" nomli yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda O‘zMU rektori Inom Madjidov, soha prorektorlari universitet professor-o’qituvchilari, bo’lim boshliqlari va universitet xodimlari ishtirok etdi. Tadbirni O‘zMU rektori Inom Madjidov ochib berdi va 2022 - yildagi erishilgan yutuqlar va kelgusi yildagi maqsadlar haqida nutq so’zlab, barcha universitet xodimlarini kelayotgan Yangi 2023-yil bilan tabrikladi.
Tadbir davomida universitet rektori tomonidan bir guruh professor-oʻqituvchilar bir qator nominatsiyalar boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining diplomi bilan taqdirlandi:
1. “Scopus bazasidagi jurnallarda eng ko‘p maqolalar chop etgan professor-o‘qituvchilar” nominatsiyasi bo’yicha -
Kimyo fakulteti “Fizik kimyo” kafedrasi o’qituvchisi Elyor Berdimurodov;
Fizika fakulteti “Yadro fizikasi” kafedrasi o’qituvchisi Javlon Rayimbayev;
Matematika fakulteti “Algebra va funksional analiz” kafedrasi oʻqituvchisi O‘tkir Roziqov.
2. “H-indeks eng yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchi” nominatsiyasi bo’yicha
Biologiya fakulteti “Biofizika” kafedrasi professori Ravshan Sobirov;
Matematika fakulteti “Algebra va funksional analiz” kafedrasi mudiri Baxrom Omirov;
Fizika fakulteti “Fotonika” kafedrasi professori Uyg‘un Valiyev.
3. “Xalqaro hamkorlikda eng yaxshi chiqarilgan maqola muallifi” nominatsiyasi bo’yicha
Fizika fakulteti “Astronomiya” kafedrasi professori Salohiddin Nuriddinov;
Biologiya fakulteti “Mikrobiologiya va beotexnologiya” kafedrasi dotsenti Shurigin Vyacheslav;
Kimyo fakulteti “Noorganik kimyo” kafedradi professori Shahlo Daminova. 4. “Xorijiy professor-oʻqituvchilarni oʻquv jarayoniga eng koʻp jalb qilgan kafedralar” nominatsiyasi boʻyicha
“Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi
5. “Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo’yicha
Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi dotsenti Xurshid Toshov;
Tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti v.b. Jasur Tog‘ayev;
Kimyo fakulteti “Fizikaviy kimyo” kafedrasi katta o‘qituvchisi Lazizbek Azimov.
6. “Yilning eng faol maʼnaviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo’yicha Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Komiljon Inakov;
Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Xayrullayev;
Kimyo fakulteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘ulomjon Abduraxmonov.
7. “Eng yaxshi pedagog-tarbiyachisi” nominatsiyasi bo’yicha
Tarix fakulteti pedagog-tarbiyachisi Odiljon Jomurodov;
Ekologiya fakulteti pedagog-tarbiyachisi Barno Ergashova;
Kimyo fakulteti pedagog-tarbiyachisi Muxiddin Abdusattarov.
9. “Universitetga ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik va homiylik mablag‘lari jalb qilishdagi xizmatlari” nominatsiyasi bo’yicha Kimyo fakulteti dekani Shahnoza Kadirova;
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Komiljon Inakov;
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dekani Shavkat Sharipov
10. "Yilning eng faol o‘quv adabiyotlari muallifi" nominatsiyasi bo’yicha
Ijtimoiy fanlar “Falsafa va maʼnaviyat asoslari” kafedra mudiri Niginaxon Shermuxamedova;
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi, texnika fanlari doktori L.P.Varlamova;
Kimyo fakulteti dekani Shahnoza Kadirova.
Shu bilan birga, 2022-yilda universitetning oʻquv-ilmiy, o’quv-uslubiy, xalqaro aloqalar va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faolligi va o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilari va xodimlari taqdirlandi. Tadbir bayramona konsert dasturi bilan yakunlandi.









OʻzMU Axborot xizmati