Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU delegatsiyasi Belorusiya davlat universitetining A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya institutiga tashrif buyurdi

O‘zMU delegatsiyasi: O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, Biologiya fakulteti dekani, professor To‘xtasin Abdurahmonov Belorusiya davlat universitetining A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya institutiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad hamkorlik va ilmiy almashinuvni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan iborat.


Ushbu uchrashuvda institut direktori, professor Sergey Maskevich, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, dotsent Mariya Germenchuk, atrof-muhit monitoringi fakulteti dekani, dotsent Vyacheslav Jilko, tibbiyot ekologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari, kafedra dotsenti Viktor Lemeshevskiy ishtirok etdi.
O‘zMU delegatsiyasiga institutning tarixi va yutuqlari, muassasaning ta’lim va ilmiy salohiyati haqida ma’lumot berildi. Ular, o‘z navbatida, O‘zbekiston ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritdilar va Belarus va O‘zbekiston rivojlanish yo‘nalishlari bir-biriga mos kelishini ta’kidladilar.
“Insonlar yolg‘izlikda yashay olmaydilar. Shuningdek, davlatlar ham. Shuning uchun hamkorlikni saqlab qolish biz uchun muhim” - deydi Shuhrat Toshmatov.
Sergey Aleksandrovich O‘zMU delegatsiyasiga qiziqish bildirganligi uchun minnatdorchilik bildirib, institut uslub va ishlanmalari o‘zbekistonlik hamkasblari tomonidan talab etiladi, deb umid bildirdi. Shuningdek, uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Belorusiya davlat universitetining A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya instituti o‘rtasidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, oliy o‘quv yurtlarining o‘zaro hamkorligi eko-loyihalarni amalga oshirish, yangi qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy markazlarni yaratish va shu kabilar orqali amalga oshiriladi. 2021/2022 o‘quv yilida hamkorlikning yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

O‘zMU Axborot xizmati