5-TTJDA TALABALAR TASHABBUSI BILAN TANLOV O’TKAZILDI

Joriy yilning 9-dekabr kuni O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti 5-talabalar turar joyida Talabalar kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar o'rtasida osh tayyorlash mahorati va salat tayyorlash mahorati bo'yicha tanlov o'tkazildi.
Unda talaba-qizlar tomonidan tayyornlangan osh va salat tayyorlash mahorati fakultetning professor-o'qituvchilari va tyutorlari tomonidan baholandi.
Tanlov natijalariga ko'ra qavatlarga ko'ra o'rinlar belgilandi:
1-o'rin: 3-qavat
2-o'rin: 4-qavat
3-o'rin: 5-qavat va 2-qavat
G'oliblar diplom, esdalik sovg'alar va universitetning maxsus futbolkasi, tashkilotchiligi uchun qavat sardorlari universitetning maxsus futbolkasi bilan taqdirlandilar.




O`zMU Axborot xizmati