O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markaz

Tilavov O’ktam G’ulomjonovich – Markaz direktori
100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4-uy
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09:00-17:00, Shanba, 09:00-14:00
Telefon raqam: +99871-246-39-67
Markaz quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
OTM pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarida:
- qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yо‘nalishlari bо‘yicha doimiy faoliyat kо‘rsatadigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
- kurslar doirasida sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada mashg‘ulotlar о‘tkazish uchun zarur о‘quv, uslubiy va moddiy-texnika bazasini tashkil etadi;
- masofadan о‘qitish usullari asosida oliy ta’lim pedagog kadrlari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli о‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqadi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar о‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bо‘yicha ilmiy kengash a’zolarini, shuningdek shartnoma asosida mamlakatning boshqa oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali pedagog kadrlarini va xorijiy mutaxassislarni, о‘quv-uslubiy xodimlar va amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etishni ta’minlaydi;
- qayta tayyorlash yо‘nalishlari bо‘yicha zarur axborot-ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, qayta tayyorlash jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqishni va ularni joriy etishni tashkil etadi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida о‘qiyotganlar uchun pedagogik amaliyot hamda ular tomonidan ochiq leksiyalar va amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazishni, keyinchalik muhokama qilgan va tanqidiy tahlil qilgan holda, tashkil etadi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida kurslarning boshqa joylardan kelgan tinglovchilariga oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalaridan yashash joylari berish choralarini kо‘radi;
- ma’lumotlarning xolisonaligini ta’minlagan holda Bosh ilmiy-metodik markaz yagona elektron tizimining tegishli axborot resurslarini shakllantirish bо‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi.