“Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I blok fanlari bo‘yicha universitet barcha fakultetlarining bakalavr bosqichi talabalariga “Falsafa” Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalariga “Falsafaga kirish”, “Ontologiya va bilish nazariyasi”, “Borliq va rivojlanish falsafasi”, “Dinlar falsafasi”, “Madaniyat falsafasi”, “Falsafa va fan metodologiyasi”, “Globallashuv asoslari”, shuningdek barcha magistratura mutaxassisliklariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Falsafa (sohalar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligiga “Fan falsafasi”, “Germenevtika va semiotika”, “Inson falsafasi”, “Ta’lim falsafasi”, “Texnika falsafasi”, “Sinergetika asoslari” fanlari bo‘yicha ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi.
Kafedraning faoliyati, dastlab 1991 yil 1 sentyabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 42-sonli qarori asosida ToshDU tarkibida “Jahon madaniyati va tarixi” kafedrasi nomi bilan boshlagan.
1995 yildan 1999 yilgacha “Madaniyatshunoslik va inson huquqi” kafedrasi nomi bilan almashtirilgan. 1997 yilda barcha oliy ta’lim muassasalaridan ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish joriy etilganidan so‘ng, 1999 yildan kafedraga “Ma’naviyat asoslari” deb nomlangan.
2005 yil 10 fevraldan O‘zMU Katta Ilmiy Kengashi qarori bilan “Ma’naviyat asoslari” va “Dinshunoslik” kafedrasi birlashtirilib, kafedra “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” nomli maqom olgan.
1991 yildan 2019 yilgacha davrlar mobaynida turli kafedra mudiri lavozimida f.f.d. prof. Abdusamedov, f.f.n. E.Gulmetov, f.f.n. dos. Sh.Shoabduraximova, t.f.d., prof. M.Abdurahmonov, f.f.d., prof. M.Nurmatova, f.f.d., prof. v.b. O.Nishonova, f.d. A.Tashanov, f.d. F.Bozorova ishlagan.
2019 yil 6 oktyabrda kafedrada ixtisoslik fanlari o‘qitilishi hisobga olinib, O‘zMU Katta Ilmiy Kengashi qarori bilan “Falsafa va ma’naviyat asoslari” deb o‘zgartirilgan va
falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Nigina Arslonovna kafedra mudiri lavozimiga saylangan.
Falsafa va ma’naviyat asoslari
Kafedra mudiri
SHERMUXAMEDOVA NIGINAXON ARSLONOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Professor
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Kafedrada ikki yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi
1. Falsafaning metodologik va gnoseologik yo‘nalishlari
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi | Ixtisoslik shifri va himoya o‘tgan kun | Ilmiy raxbar |
1 | Shermuxamedova Nigina Arslonovna | kafedra mudiri, falsafa fanlari doktori, prof | Sotsialno-filosofskie aspektы stil mыshlenie uchenogo | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq 2002, 1 noyabr | f.f.d., professor Nikitchenko |
2 | Maxkamov Ulug‘bek Abdug‘apporovich | falsafa fanlari nomzodi, dotsent | Dialog-ijtimoiy jarayonlarni tushuntirishning metodologik omili | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq 2019 28 avgust | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
3 | Xidirov Mustafo Toyirqulovich | o‘qituvchi, PhD | Dunyoning ezoterik manzarasi va uning evolyusiyasi | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq 2021 26 iyul | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
4 | Qodirov Javlonbek Abdusattor o‘g‘li | o‘qituvchi | Evolyusion epistemologiya rivojlanishinin asosiy yo‘nalishlari | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
5 | Tyukmaeva Aida Maratovna | o‘qituvchi | Filosofsko-metodologicheskie aspektы germenevtiki kak obщey teorii interpretatsii tekstov | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
6 | Sunnatov Nurali | mustaqil tadqiqotchi | Ta’lim innovatsiyalarining falsafiy-metodologik jihatlari | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
7 | Usmanov Muxriddin | tayanch doktorant | Dunyoning mifologik manzarasi va uning evolyusiyasi | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedo-va |
8 | Pardaev Sultonmurod | tayanch doktorant | Dunyoning tabiiy ilmiy manzarasi va uning evolyusiyasi | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
9 | Xaydarova Aqida Farmonovna | mustaqil tadqiqotchi | Virtual reallik falsafasining metodologik yo‘nalishlari | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
10 | Qalandarova Gavxar | mustaqil tadqiqotchi | Bilim va e’tiqod uyg‘unligining falsafiy metodologik jihatlari | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
11 | Ramazonov Aziz | tayanch doktorant | Dunyoning klassik manzarasi va evolyusiyasi | 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
12 | Abdullaev Timur | tayanch doktorant | Aql va idrok uyg‘unligining falsafiy metodologik jihatlari | 09.00.01 Ontologiya, gnoseologiya va mantiq | f.f.d., professor N.A.Shermuxamedova |
2). Jamiyatning ijtimoiy ma’naviy yangilanishida inson omili ilmiy yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan olimlar
№ | professor-o‘qituvchi, tadqiqotchilarning F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi | Ixtisoslik shifri | Ilmiy raxbar |
1 | Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna | falsafa fanlari doktori, professor v.b. | Badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirishda dizaynning immanent xususiyatlari | 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi | |
2 | Nishonova Ozoda Djalolitdinovna | falsafa fanlari doktori, professor v.b. | o‘zbek etnomadaniyatining estetik mohiyati va funksiyalari | 09.00.02-Ong, madaniya va amaliyot shakllari falsafasi | F.f.d. prof. Qoraboev |
3 | Djalilov Baxtiyor Xidaevich | falsafa fanlari nomzodi, dotsent | Nauchnoe upravlenie obщestvom – zakonomernost razvitogo sotsializma | 09.00.02-Ong, madaniya va amaliyot shakllari falsafasi | K.Sodiqov |
4 | Namazova Yulduz Muzaffarovna | katta o‘qituvchi., PhD | XIX asrda O‘rta Osiyoda jadidchilik falsafasi | 09.00.03-Falsafa tarixi | f.f.n. dotsent D.Fayzixo‘jaeva |
5 | Mengliqulov Umid Mamadievich | o‘qituvchi | Surxon vohasi etnomadaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari | 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi | f.f.d. O.Nishonova |
6 | Parpiev Muxammadjon | mustaqil tadqiqotchi | Ma’naviy kamolot omillari | 09.00.02-Ong madaniyat va amaliyot shalklari falsafasi | f.f.d. Abdullaeva N.B. |
7 | Jabborova Dilfuza | mustaqil tadqiqotchi | Dunyoviy va diniy bilimlarning ahamiyati | 09.00.02-Ong madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi | f.f.d. Nishonova O.J. |
8 | Safarova To‘maris | tayanch doktarant | Etnomadaniyat turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy omillari | 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi | f.f.d. Nurmatova M.A. |
9 | Isaxova Shaxlo | tayanch doktarant | Bioetikada konservativ va innovatsion yondashuvlarning falsafiy-madaniy tahlili | 09.00.02-Ong madaniyat va amaliyot shalklari falsafasi | f.f.d. Abdullaeva N.B. |
Xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarini amalga oshirishda Oliy ta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash ta’lim, ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishni takomillashtirish hamda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura)da taxsil olayotgan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga kengroq jalb etish, ta’lim bilan fanning samarali integratsiyasini ta’minlash, ta’lim muasasalarida ilm-fanni jadal rivojlantirish va shu asosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Kafedraning respublika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy mrakazlari bilan ijtimoiy xamkorligi – Xalqaro Islom akademiyasi, Samarqand Davlat universiteti, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Farg‘ona davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti bilan ilmiy, madaniy-ma’rifiy hamkorlik tashkil etilgan.
Xalqaro oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan xamkorlik – Dog‘iston Davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Klement Orxidski nomidagi Sofiya davlat universiteti (Bolgariya), Kozoq Milliy universiteti, Muxtor Auzev nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (Qozog‘iston), Tojik Milliy universiteti, Xo‘jand davlat universiteti, Rossiya falsafa jamiyati, Qozoq falsafa assotsiatsiyasi, Qirg‘iziston respublikasi falsafa assotsiatsiyasi a’zolari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.