Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiyot Oliy Maktabi Milliy Tadqiqot Universiteti vakillarining O'zMUga tashrifi

Bugun, 3-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetiga Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiyot Oliy Maktabi Milliy Tadqiqot Universiteti Perm shaxar filiali direktori Volodina Galina Yemelyanovna boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida ikkala tomon vakillari o‘z universitetlari haqida to‘liq maʼlumotlar taqdim etdilar.

Jumladan, Galina Yemelyanovna Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiyot Oliy Maktabi Milliy Tadqiqot Universiteti tarixi va uning tarkibiy qismi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Iqtisodiyot Oliy Maktabi 1192 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu universitetning 4 ta katta kampuslari Moskva, Sankt-Peterbug, Nijniy Novgorod va Perm shaxarlarida o‘z faoliyatlarini yuritib, umumiy hisobda 50 000 ortiq talabalarga 7000 professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar taʼlim berib kelmoqda. Universitetning ilmiy salohiyati yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, hozirgi kunga qadar QS, QRWU, THE kabi xalqaro reytinglarda Top-100 talikdan o‘rin olgan.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, albatta hamkorlik doiralarini kengaytirish, jumladan, universitetlararo akademik mobillikni joriy qilish, professor-o‘qituvchilar hammualliflikda ilmiy maqolalar chop ettirish, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar va konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek yozgi va qishki maktablarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi, va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi