Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

<strong>O‘zMU professor-o‘qutuvchilari Qozog‘istondagi nufuzli xalqaro anjumanda ishtirok etdi</strong>

Shu yilning 15-18 fevral kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida “Актуальные проблемы мировой философии” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor N.A.Shermuhamedova, professor v.b., falsafa fanlari doktori N.B.Abdullayeva, professor v.b., falsafa fanlari doktori O.Nishonova, kafedra doktoranti Yilmaz Jankalo‘g‘lular ishtirok etdi. Shuningdek, xalqaro anjumanda Qozog‘iston, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar olimlari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Konferensiyaning ketma-ket ikki kunida professor N.A.Shermuhamedova “Соотношение глобальных процессов и массовой культуры”, “Герменевтика современной философии и науки” mavzularida, professor v.b. O.J.Nishonova “Соотношение общечеловеческих ценностей и этнокультуры”, “Моральные ценности и их роль в обществе” mavzularida, professor v.b. N.B.Abdullayeva esa “Современные проблемы экоэтики” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, universitetimiz vakillari N. Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalariga Falsafa fanidan ma’ruzalar o‘qishdi.

Anjuman doirasida  N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti muzeyiga hamda Qozog‘iston milliy muzeyiga tashrif buyurildi.

O‘zMU Axborot xizmati