Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Alisher Navoiy asarlari va madaniy ta'siri simpoziumi ish boshladi

2022 yil 20-21 iyun kunlari Anqara (Turkiya)dagi Boshkent universitetida Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazining ochilishi munosabati bilan “Alisher Navoiy asarlari va madaniy ta'siri simpoziumi” ish boshladi. Simpoziumda Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi,  YuNESKO Milliy komissiyasi, Turk Til qurumi; Boshkent, Alaniya Alaiddin Kaykubot, Yunus Emro universitetlari hamda O‘zbekistondan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro fonddagi rahbar va mutaxassis olimlar o‘z ma'ruzalari bilan qatnashmoqda.

Simpoziumning ochilish marosimida Mizo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektorati nomidan Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor, prof. R.H.Shirinova so‘z olib, anjuman qatnashchilarini tabrikladi. Ushbu nufuzli anjumanda Jurnalistika fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, prof. H.Boltaboyev, dots. J.Mahmudov va f.f.d. D.Qozoqboyevalarning navoiyshunoslikka oid ma'ruzalari tinglanadi. Simpozium ishi davom etmoqda.

Xalqaro aloqalar bo'limi