Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Altay davlat universiteti vakillari O'zMUda

Bugun, 1 fevral kuni Rossiya federatsiyasining Altay davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raykin Roman Ilich boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan muzokara chog‘ida o‘zaro kesishish nuqtalari ko‘p ekanligi va bu ikkala universitetning ham mumtoz universitetlardan ekanligi bilan bog‘liqligiga urg‘u berildi.

Kelgusida fizika, matematika, arxeologiya, rus tili, jurnalistika kabi sohalarda hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi. Mazkur sohalar bo‘yicha akademik almashinuv, hammualliflikda maqolalar chop etish, qo‘shma taʼlim dasturlarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi