Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Olimpiada g’oliblari aniqlandi

Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida dasturlash bo’yicha xalqaro tanlovlarda ishtirok etadigan jamoalarni saralab olish maqsadida olimpiada o'tkazildi

Unda Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar hamda Matematika fakultetidan 50 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Natijalarga ko‘ra 1- o‘rinni "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" yo‘nalishining 3-bosqich talabasi Ahmadjon Ergashev, 2-o‘rinni "Matematika" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Ro'zimurod Abdunazarov hamda "Axborot tizimlari va texnologiyalari" yo'nalishi 3-bosqich talabasi Abror Balxiyev, 2-o‘rinni "Axborot tizimi va texnologiyalari" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Oydin Abdurasulovalar egallashdi.

G'oliblarni Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti dekani Zafar Rahmonov taqdirladi.

O‘zMU Axborot xizmati