Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O`zMUda «Amir Temurga munosib avlodlarmiz» shiori ostida talaba-yoshlar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazilmoqda

O'zbekiston Milliy universitetida Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag'ishlab "Amir Temurga munosib avlodlarmiz" shiori ostida talaba-yoshlar o'rtasida sport musobaqalari joriy yilning 19-aprel kunidan start oldi.
Musobaqaning ilk kunida qizlar va yigitlar o'rtasida Volleybol (19-20 aprel) sport turi bo'yicha bahslar boshlandi. Mazkur sport musobaqalari o'tkazilishidan ko'zlangan maqsad talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, sog'lom turmush tarzini keng tarig'ib qilishdan iborat.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning 21-aprel kuni Tosh ko'tarish hamda qo'lda kuch sinash (armrestling), 22-23 aprel kunlari esa stol tennis (qizlar va yigitlar) sport turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi.

O`zMU Axborot xizmati