Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi

Kafedrasi mudiri

Matyakubov Alisher Samandarovich ‒ matematik modellashtirish sohasidagi olim, fizika-matematika fanlari doktori. A.S.Matyakubovning ilmiy ishlari nodivergent ko‘rinishdagi nochiziqli parabolik sistemalarni o‘rganishga katta hissa qo‘shgan.

A.S.Matyakubov 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan, 2 ta monografiya va 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi.

M.Aripov rahbarligida 2010-yilda “Kleyn-Gordon tipidagi tenglamalar va sistemalarning asimptotikasi va sonli yechimi” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, 2020-yilda esa “Pаrаbolik tipdаgi nodivergent nochiziqli sistemаlаr bilаn ifodаlаnuvchi jаrаyonlаrni sonli modellаshtirish” mavzusida doktorlik (DSc) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2021-yil fevral oyidan buyon A.S.Matyakubov O‘zbekiston Milliy universiteti “Amaliy matematika va kompyuter tahlili” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Telefon raqam71-246-70-51
Kafedra saytihttp://apmath.nuu.uz
Elektron pochtaamit@nuu.uz
Bino manzili100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy

Mazkur kafedra prof. M.Aripov tashabbusi bilan 1978 yilda “EHM va dasturlash” nomli kafedra sifatida tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik “Informatika va tatbiqiy dasturlash” (1995-2016-yillar) va hozirda universitet Kengashining 2016-yil 25-maydagi qaroriga muvofiq – “Amaliy matematika va kompyuter tahlili”  nomi bilan faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 3 ta fan doktori, 5 ta fan nomzodi va bir qator yosh o‘qituvchilar ishlamoqda.

Kafedrada chiziqsiz muhitda jarayonlarning tadqiqoti (sonli, avtomodel), axborot tizimlari, axborotlarni himoya qilish, kriptografiya, masofaviy ta'lim usuli va vositalarini ishlab chiqish, interval usullar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib boriladi.

Kafedra qoshida “Nochiziqli jarayonlarni taqribiy, avtomodel va sonli modellashtirish” mavzusida ilmiy seminar va talabalar uchun to‘garaklar muntazam ishlab turibdi.

Kafedrada 30 dan ortiq darslik va o‘quv qo’llanmalar, 50 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar nashr qilingan. 

Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ham katta e'tibor berilmoqda. Kafedra a'zolari rahbarligida 30 dan ortiq tadqiqotchilar nomzodlik (PhD) dissertasiyalarini hamda 10 dan ortiq doktorlik (DSc) dissertasiyalarini himoya qilishgan.

Kafedrada o‘qitiladigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar

5130200 ‒  Amaliy matematika va informatika  (kunduzgi, kechki, sirtqi)
60540200 ‒ Amaliy matematika  (kunduzgi, kechki, sirtqi)
5A130201 ‒ Amaliy matematika (sohalar bo’yicha) (magistratura)
70540201 ‒ Amaliy matematika (sohalar bo’yicha) (magistratura)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr

Fan nomiFan haqida qisqacha ma'lumot
 Algoritmik tillar va dasturlashOddiy algoritmlar va C# da dasturlar tuzish, Visual Studio muhitida ishlashdan boshlab, polimorfizm, virtual metodlar va ularni qayta aniqlash, WPF ilovalar yaratish va undagi boshqaruv, maketlar hamda hodisalarni o‘rgatish
 Algoritmlar va berilganlar strukturasiAlgoritmlar, izlash va saralash algoritmlari hamda ularning murakkabligini aniqlash, berilganlarning dinamik strukturalari va graf elementlarining  dasturlash sohalarida  nazariy va amaliy tatbiqini asoslashga o‘rgatadi.
 Matematika va informatikani o‘qitish metodikasiMatematika va informatika o‘qitish metodikasi, fanning ilmiy, psixologik va pedagogik tamoyillari bilan tanishtirish, yangi pedagogik texnologiyalar va ularni qo‘llash  usullarini o‘rgatish bilan bir qatorda, talaba larni  davlat ta'lim standartlarini hisobga olgan holda, matematika va informatika fanlarini o‘qitishga tayyorlash ko‘zda tutiladi.
 Nokorrekt va teskari masalalarNokorrekt va teskari masalalarni matematik modellashtirish, shartli korrektligini ko‘rsatish, sonli usullarini qurish va dasturiy vositasini yaratish ni o‘rgatadi.
 Matematik modellashtirish asoslariTurli jarayonlarning matematik modellarini qurish, ularni tahlil qilish, modellashtirish bosqichlari va qonuniyatlarini aniqlash uchun ma'lumotlar to‘plash, tekshirish maqsadini aniqlash, muammoni tavsiflash, modelni qurish, masala yechiminiig algoritmini yaratish, hisoblash usulini ishlab chiqish, dasturlarni texnik jihatlarini ishlab chiqish, dastur tuzish va ularni sozlash, modelning adekvatligini tekshirish, olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish kabilarni o‘rgatadi.
 Kompyuter grafikasi               Kompyuter grafikasi va turlari, grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi, grafik axborotlarni kiritish, rang modeli va uning turlari, tahrirlash va chiqarishning  dasturiy vositalari bilan ishlashni o‘rgatadi.
 Amaliy matematikaning dolzarb masalalariAmaliy matematikaning dolzarb masalalarini matematik modellashtirish, sonli usullarini qurish va dasturiy vositasini yaratishni o‘rgatadi.
 Kriptografik usullarAxborotlarni himoyalashning kriptografiya sohasidagi masalalarni yechish, kriptografik algoritmlarni tahlil qilish, ular yordamida shifr lash amallari, elektron raqamli imzo, identifikasiya sxemalari haqida tushuncha beriladi va ulardan foydalanish o‘rgatiladi.
 Python dasturlash tiliPython dasturlash tilini yetarli darajada o‘qitish, shu bilimlarga tayangan holda komp'yuter yordamida modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning dastur ta'minotini amalga oshirishga o‘rgatadi.
 Dasturiy injiniringDasturiy injiniring tushunchalari, dasturiy ta'minot yashash sikli, dasturiy ta'minot ishlab chiqishning modellari va texnologiyalari, arxi tekturasi, testlash va tekshirish yo‘llari, dasturiy ta'minotni ishlab chiqishdagi extimolli holatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari va usullari, dasturiy ta'minot sifati, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va testlash kabilar ko‘riladi.
 Mobil ilovalar yaratishMobil aloqa vositalari uchun ishlab chiqilgan zamonaviy operasion sistemalar turlari va ularning ishlash prinsiplari, xavfsiziligini ta'minlash va himoya vositalaridan foydalanishni o‘rgatiladi.
 Java texnologiyalariJAVA texnologiyalari va dasturlash tilini yetarli darajada o‘qitish, shu bilimlarga tayangan holda kompyuter yordamida modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning dasturiy ta'minotini amalga oshirishga o‘rgatadi.
 Tabiatshunoslikda matematik modellashtirishTabiatda uchraydigan chiziqsiz jarayonlarni matematik modellashtirish, sonli usullarini qurish va dasturiy vositasini yaratishni o‘rgatadi.
 Multimedia texnologiyalariMasofali ta'lim texnologiyalari bilan ishlash, multimedia vosita va texnologiyalari orqali mul'timedia mahsulotlarini yaratishni o‘rgatadi.
 Operatsion tizimlarZamonaviy operasion tizimlar, translyasiya usullari, fayl tizimining instalyasiyasi, jarayonlarni va operativ xotirani boshqarish bo‘yicha amaliy saboqlarga ega bo‘lish va bu bilimlarni tadbiqiy masalalarni yechishda qo‘llashni o‘rgatadi.
 Tarmoqni ma'murlashTarmoq va uning turlari, tarmoqda ma'mur vazifalari haqidagi bilimlarni shakllantirish va amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatadi.
 Berilganlar bazasiBerilganlar bazasini boshqarish tizimlari (BBBT) ni yetarli darajada o‘qitish, shu bilimlarga tayangan holda zamonaviy dasturlash tillari va texnologiyalari asosida berilganlarning intellektual tahlilini loyihalash hamda yaratishga o‘rgatadi.
 Dasturlash texnologiyalariMasala yechishning algoritmik asoslari, komp'yuter ishlashining tamoyillari, dasturlash tillarini sinflash, komp'yuterda berilganlar va buyruqlarni tasvirlanishi, C# tili va Windows Forms, WPF, LINQ, ADO.NET va MVC texnologiyalarini qo‘llash orqali dasturlash, ob'ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari, vizual dasturlash muhitida ishlash kabilar o‘rgatiladi.
 Matematik tizimlarMutaxassislik sohasiga tegishli masalalarni yechishda komp'yuterli matematik tizimlar sifatida Maple, Mathematica, Mathcad va MatLab kabi matematik paketlardan foydalanib yechishlar hamda ularni amaliyotga tadbiq etishlar o‘rgatiladi.
 Web-dasturlash texnologiyalariMavjud texnologiyalardan foydalanib web ilovalar, xalqaro va lokal tarmoqda matn, grafik, elektron jadval, ma'lumotlar bazasi va namoyishlardan tashkil topgan elektron xujjatlar hosil qilish uchun HTML, CSS, JavaScript, AJAX, PHP, MySQL kabi webga yo‘naltirilgan dasturiy vositalar o‘rgatiladi.
 Raqamli va axborot texnologiyalariTa'lim va ish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalarining tuzilish tamoyillari, shuningdek ularni kasbiy faoliyatida qo‘llashning amaliy tajribasi to‘g‘risida ma'lumotlar berishdan tashqari, ularni bevosita kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib  to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish kabi ishlar o‘rgatiladi.
 Ijtimoiy sohada modellash tirish va tizimli tahlilIjtimoiy jarayonlar va hodisalarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy mexanizmlarni o‘rganish, ijtimoiy muammolarni tahlil qilishda tizimli yondashuv usullarini o‘zlashtirish va ijtimoiy jarayonlarni rasmiy modellashtirish usullari bilan tanishtirladi.
 Axborot texnologiyalariZamonaviy axborot texnologiyalarining tuzilish tamoyillari,  yo‘nalish sohasida uchraydigan masalalarni  bevosita komp'yuter imkoniyatlaridan foydalanib yechish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish kabi ishlar o‘rgatiladi.
 InformatikaZamonaviy axborot texnologiyalari to‘g‘risida asosiy tushunchalar,  shuningdek ularni kasbiy faoliyatda qo‘llashning nazariy va amaliy tomonlari, komp'yuter imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta'minotdan foydalanishlar o‘rgatiladi.
 Informatika va zamonaviy axborot texnologiyalariZamonaviy axborot texnologiyalari, uning yo‘nalish sohasi muammolarini hal qilishdagi o‘rni bo‘yicha zarur amaliy va nazariy ma'lumotlarni berishdan tashqari, ularni bevosita komp'yuter imkoniyatlaridan foydalanib  bajarish uchun kerak bo‘ladigan dasturiy ta'minot imkoniyatlari o‘rgatiladi.

Magistratura

Fan nomiFan haqida qisqacha ma'lumot
1.Ilmiy tadqiqot metodologiyasiMagistrlarning ilmiy faoliyati jarayonida o‘z–o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirish, ilmiy tadqiqot dasturini tuzishda nazariya va amaliyot birligiga rioya qilish, ilmiy tadqiqot dasturining mavzusini tanlash, materiallarni saralash, o‘zining ilmiy saviyasini oshirishga yo‘naltirilgan adabiyotlar mazmunini o‘rganish va egallangan bilimlardan amaliyotda foydalanish malakalarini shakllantirish kabilar o‘rgatiladi.
2.Tabiatshunoslikning zamonaviy matematik masalalariNochiziqli masalalarni yechish uchun avtomodel' usullarni tanlash va tahlil qilish, global' va chegaralanmagan yechimlar, bir va ko‘p komponentali nochiziqli muhitlarda hosil bo‘ladigan yangi effektlarni bilish, kritik eksponentalar va masalarni yechishda ularning rolini tahlil qilish, ular uchun ayirmali sxemalarni tanlash, amaliy programmalar paketida ularni yechish, olingan natijalarni vizuallashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishga o‘rgatiladi.
3.Matematik modellashti rishda kompyuter texnolgiyalariTurli sohalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning matematik modellarini qurish, ularning adekvatligini ko‘rsatish va ularni yechish, hamda jarayonning kechishini komp'yuterda vizual tasvirlashlar uchun nazariy va amaliy ko‘nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ilmiy-uslubiy yondashuvlar o‘rgatiladi.
4.Ma'lumotlarning intellektual tahliliKuzatishlar, o‘lchovlar, tajribalar, arifmetik va mantiqiy operatsiyalar natijasida olingan raqamli massivlar, faktlar, matnlar, grafikalar, rasmlar, tovushlar, analog yoki raqamli video segmentlar ko‘rinishlaridagi juda katta hajmga ega bo‘lgan ma'lumotlardan foydali bilimlarni olish uchun ularni qayta ishlash va tahlil qilish kabi ishlar uchun zarur bo‘lgan Windows, Linux, Android, va UNIX operasion tizimlarining asosiy xususiyatlari, hamda yuqori bosqichli algoritmik tillarda dasturlar tuzish o‘rgatiladi.
5.Tabiiy tillar jarayoni uchun statistik metodlarKasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan tabiiy tillar jarayoni uchun statistik metodlarni o‘rganish haqida ma'lumot berish, unga turli xil yondashuvlarning afzalliklari va kamchiliklarini tushunish, hamda amalda qo‘llash uchun ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
6.Mashinali tarjimon texnologiyalariBo‘lajak mutaxassisning kasb sohasida egallashi lozim bo‘lgan mashinali tarjima qilish yondashuvlarini o‘rganish haqida ma'lumot berish, mashinali tarjimadagi turli xil yondashuvlarning afzalliklari va kamchiliklarini tushunish hamda amalda qo‘llash uchun ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
7.Tabiiy til ma'lumotlarini qayta ishlashKasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan tabiiy tillar jarayoni uchun tabiiy til ma'lumotlarini qayta ishlash metodlari haqida ma'lumot berish, ularning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilish, hamda amalda qo‘llash uchun ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
8Tabiiy tillar jarayoni uchun dasturlashBo‘lajak mutaxassisning kasb sohasida egallashi lozim bo‘lgan tabiiy tillar jarayonida Python dasturlash tili bo‘yicha yondashuvlarni o‘rganish haqida ma'lumot berish, mashinali tarjimadagi turli xil yondashuvlarning afzalliklari va kamchiliklarini tushunish hamda amalda qo‘llash uchun ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
9Superkompyuterli modellashtirish va texnologiyalarKo'rib chiqilayotgan masalalarning matematik modelida superkompyuter texnologiyalarini qo'llashning umumiy ko'rinishi, muammolarni hal qilishda qo'llaniladigan hisoblash usullarining umumiy ko'rinishi, matematik model parametrlarini muhokama qilish va hal qilinayotgan masalani superkompyuterda raqamli modellashtirish uchun yondashuvlar, ko'rib chiqilgan yondashuv yordamida yechiladigan misollar, superkompyuterli modellashtirish yordamida olingan natijalar, olingan yechimlarning samaradorligi va miqyoslanishini baholash.
10GNU\Linux interfeysiInternetga ulanish tarmog‘ini va Internet xizmatlarini boshqarish doirasida LINUX OT tanlash va uning o‘rnatilishi, Linux tarmog‘ini boshqarish, OSI modelining tuzilishi, TCP/IP, UDP, ICMP protokollari oilasi, va ularning protokolidagi to‘liq manzilning tuzilishi, ularni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish o‘rgatiladi.
11Interaktiv hisoblash usullari“Amaliy matematika va informatika” yo‘nalishining magistratura bosqichi talabalariga interaktiv ilmiy hisoblash tizimlarini yetarli darajada o‘qitish, shu bilimlarga tayangan holda matematika fizika tenglamalari va statistika masalalarni yechishni amaliy o‘rgatish va mutaxassislik bo‘yicha fanlarni o‘rganishda asosiy bilimlarni berishdir.

Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar

  F.I.Sh.Dissertasiya ishi mavzusi
1Pardayeva Gulmira AbdunazarovnaKompyuter injiniringi mutaxassisliklari talabalarini masofadan o‘qitish usullari: "Mobil ilovalarni yaratish" fani misolida
2Allaberdiyev Bobur BaxtiyorovichOʻzbek va qozoq tillaridagi mashina tarjimasi tizimi
3Alimov Akrom AbdurashidovichNolokal chegaraviy shartlar bilan berilgan kross-diffuziya sistemalarining modellari
4Matlatipov San'atbek G'ayratovichO'rgatilgan resurslari kam bo'lgan tabiiy tillarni qayta ishlash
5Alayev RuhilloAxborotning kriptografik muhofazasi uchun model, Algoritm va dasturlar
6Raupov DilmurodIkki komponentali blow-up rejimli nochiziqli muhitlarda sonli modellashtirish
7Liu Lingyun (Хитой)Kriptotahlil usullarining shifrlash algoritmlariga nisbatan qo’llanilishi
8Muqimov AsqarBir va ikki komponentali nochiziqli muhitlarda yutilish yoki manbasi bo‘lgan issiqlik o‘tkazuvchanlik masalalarini sonli modellashtirish
9Boyqo’ziyev IlhomIntegral kriptotahlil usulining Kuznechik shifrlash algoritmiga nisbatan qo’llanilishi
10Nigmanova DilobarYutish yoki manba bilan ikki komponentli muhitda nochiziqli jarayonlarni matematik modellashtirish

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma'lumot

Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy nufuzli ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar qilish bilan bir qatorda, AQSh, Germaniya, Angliya va Yaponiya kabi juda ko‘p xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish masalalariga ham e'tibor berib bormoqda. Bu borada Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Mets (Fransiya), Medison (AQSh), Belfast, London (Angliya) kabi xorij mamlakatlari bilan ham yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedrada ilmiy izlanishlar bo‘yicha Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Mets (Fransiya), Medison (AQSh), Belfast, London (Angliya), Gettingen (GFR), Fukuoka (Yaponiya), Kuala-Lumpur (Malayziya), Firat (Turkiya), Piteshti (Ruminiya), Syurix (Shveysariya), Vena(Avstriya), Myunxen (GFR) va boshqa bir qancha shaharlardagi ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Prof. M.Aripov Piteshti (Ruminiya), Mes, Fransiya, Uxan (XXR), Medison (AQSh), Firat (Turkiya), Olmoniya, Putra (Malayziya), Syurix (Shveysariya) universitetlarida ilmiy ma'ruzalar qilgan. Matematiklarning butunjahon kongressida (Berlin) ilmiy ma'ruzalar bilan chiqqan va majlislarida raislik qilgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropadagi “Matematika” hamda Germaniyadagi “Amaliy matematika va mexanika” jamiyatlarining a'zosidir. U “Who is Who” hamda “2000 butun dunyo intelektuallari” ro‘yxatiga kiritilgan.

Kafedra faoliyati davrida prof. M.Aripov boshchiligida 10 ta xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar (OS, EHMning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi, Bosh konstruktorlar majlisi, Amaliy matematika va informatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari – Al-Xorazmiy 2009, 2012, 2014, 2016, 2019, 2021) o‘tkazilgan.

Kafedra tomonidan 2021 yil 19-21 noyabr kunlari “Zamonaviy matematika va uning tatbiqlari” (ICCMA2021) nomli xalqaro ilmiy konferensiya yuqori darajada tashkilashtirilib o’tkazildi. Konferensiyada Saudiya Arabistoni, Misr, Rossiya, AQSh, Qozog‘iston, respublikadagi oliy o‘quv yurtlari va qator ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, jumladan yosh olimlar, magistrant va talabalar ma'ruzalar bilan ishtirok etdilar, ilmiy munozaralarda faolllik namoyish qildilar.

Konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va talabalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va doktorantlaridan 234 ta (jumladan 57 ta yosh olimlar va tadqiqotchilar hamda 31 ta magistr), Qozog‘iston Respublikasidan 4 ta, Rossiya Federatsiyasidan 4 ta, Saudiya Arabistonidan 2 ta, Misrdan 3 ta, AQShdan olimlar ishtirok etishdi.

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochtasi
 1Matyakubov Alisher Samandarovich f-m.f.d., kafedra mudirialmasa@list.ru
 2Aripov Mersaid Mirsidiqovich f-m.f.d. prof.aripovmirsaid@mail.ru
 3Abduraximov Baxtiyor Fayzievich f-m.f.d. prof.a_bakhtiyor@mail.ru
 4Muxammadiev Jabbor O‘raqovich f-m.f.d. prof.v.b.jabbor63@mail.ru 
 5Xaydarov Abdugappar Toshpulatovich f-m.f.n. dots.haydarovabdu@rambler.ru
 6Kabiljanova Firuza Azimovna f-m.f.n. dotsent v.b.firkab@mail.ru
 7Mamatkulova Muyassar Shavkatovna f-m.f.n. dots.mamatqulova_m@mail.ru
 8Axmedov Odiljon S. f-m.f.n. dots.odiljon.axmedov@gmail.com
 9Xojiev Toji Koyirovich o‘qituvchitojiddindin542011@mail.ru
 10Nurumova Aziza Yusupbaevna dotsent v.b.aziza_n@rambler.ru
 11Tillaev Azamat  Ibragimovich dotsent v.b.tillayev1@mail.ru
 12Tulaganov Zakir Shakirovich o‘qituvchitzаkir@mail.ru
 13Axmedova Qunduz Samatovna o‘qituvchiaqunduz_05@mail.ru
 14Nazirova Dilorom Xusnutdinovna katta o‘qituvchidil_n@mail.ru
 15Narmamatov Alibek o‘qituvchi narmamatov.alibek@mail.ru
 16Radjapov Jaloliddin Shamsiddin o‘g‘li o‘qituvchi - stajyorjaloliddinrajabov@mail.ru
 17Boboqandov Maxmud Mamaraxim o‘g‘li o‘qituvchi - stajyorm.boboqandov@nuu.uz  
 18Mamatov Abrorjon Uyg‘un o‘g‘li o‘qituvchi - stajyormmtooabrorjon1996@gmail.com
 19Karimov Norbek o‘qituvchi - stajyornorbekkarimov@mail.ru
 20Maxmasoatov Muxiddin G‘ayrat o‘g‘li. o‘qituvchi - stajyormuhiddinmaxmasoatov@mail.ru
 21Raxmonova Moxidil yusuf qizi o‘qituvchi - stajyorrmohidil@mail.ru
 22Ubaydullaeva Gulnora Oltinbek qizi o‘qituvchi - stajyorubaydullayevagulnora@mail.ru
O'rindoshlik asosida
 23Allaberdiev Bobur Baxtiyorovich o‘qituvchialaberdiev_91@mail.ru
 24Matlatipov San'atbek G‘ayrat o‘g‘li o‘qituvchimr.sanatbek@gmail.com
 25Alimov Akram o‘qituvchia.akram@mail.ru
 26Raxmonov Zafar Ravshanovich f-m.f.d. dots.v.bzraxmonov@inbox.ru
 27Shakarov Alisher PhD, dots.v.b.shakarov_alisher@mail.ru
 28Xajiev Ikrombek Ozodovich PhD, dots.v.b.khikromo@gmail.com
 29Parovik Ivan Romanovich f.-m.f.d. dots. 
 30Turg‘unov Abrorjon PhD, dots.v.b. 
 31Abdurahmanova Nilufar PhD, dots.v.b. 

To‘garaklar:
Dasturlash asoslari               
(ma'sul: Matlatipov S, Mamatov A, Boboqandov M.)

Kompyuter grafikasi
(ma'sul: Nurumova A, Tillaev A.) bo‘yicha to‘garaklar mavjud.

Ilmiy loyihalar

Kafedra a'zolari tomonidan xo‘jalik shartnomalari asosida bir qancha shartnomalar bajarilgan va ilmiy izlanishlar natijalari hayotga tatbiq etilgan. Masalan, TashTransGaz, Astronomiya instituti, Elektronika instituti, MDU,  Sankt-Peterburgdagi FOTON IChB,  ASU “Malika”, ASU “Tashgramplastinka” va boshqalar. Prof. M.Aripov rahbarligida ASU VUZ ishlab chiqildi va respublikamizning bir qator OTMlarida (SamDU, FarPI, BuxDU) ishga tushirilgan.

2000 - 2020 yillar davomida kafedrani 100 dan ortiq magistrlar bitirib, hozirda respublikaning barcha viloyatlarida, ishlab chiqarishning turli sohalarida (maktab, o‘rta va oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari, moliya, soliq va bank tizimlari, ichki ishlar vazirligi, mudofaa vazirligi va x.k.) mehnat qilmoqdalar.

XXI asrda kafedrada bajarilgan ilmiy loyihalar:

2003 yildan 2005 yilgacha – "WEB-mijoz-server texnologiyalariga asoslangan ta'lim gipertizimi" (rahbar M.Aripov);

2003 – 2007 yy. – "Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda diffuziya jarayonlarini kompyuter simulyatsiyasi" (rahbar prof. M.Aripov);

2003 2007 yy. – "Yuqori tartibli differensial-operator tenglamalari uchun nokorrekt qo'yilgan chegaraviy masalalar" (rahbar prof. Q.S.Fayazov);

2005 – 2008 yy. – Tempus JEP 25-221-2004COCUZ xalqaro granti - “O‘zbekiston universitetlarida kimyoga yo‘naltirilgan kompyuter ilmi asosida magistrlar tayorlash” - Vena instituti, Myunxen Texnika universiteti, DANUBE va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda (rahbar prof. M.Aripov);

3 ta magistratura studentlari o‘zining magistrlik dissertasiyalarini Myunxen universitetida (Germaniya) bajarishdi. Mazkur loyiha asosida zamonaviy kompyuterlar va server hamda ikkita rangli printer bilan jihozlangan ikkita kompyuter sinfi ochildi. Shu grant asosida amaliy matematika va informatika sohasida 150 tadan ortiq adabiyotlar olindi va talabalar ixtiyoriga berildi. Kafedramizda o‘z ichiga 50 000 tadan ortiq adabiyotlarni olgan elektron kutubxona tizimi yaratilib, universitet lokal tarmog‘i orqali foydalanishga topshirildi.

2004 2006 yy. – “Diffuziya-reaksiya tipidagi masalalarni kompyuterda modellashtirish” (yoshlar granti, rahbar A.S.Matyakubov);

2007 – 2011 yy.– "Kompyuterda modellashtirish, reaksiya-diffuziya va Kleyn-Gordon kabi tenglamalar va tizimlar tomonidan tasvirlangan chiziqli bo'lmagan jarayonlarni vizualizatsiya qilish, differensial tenglamalar uchun nokorrekt va teskari masalalar" (rahbar - prof. M.Aripov) Rossiya-O‘zbekiston granti;

2009 – 2012 yy. –158918-TEMPUS-12009-1-AT-TEMPUS-JPCR CANDI: “Elektron ta’lim va qayta tayyorlash uchun ta’lim kompetensiyalari va infratuzilmasi” xalqaro grant (rahbar prof. Aripov M.M.);

Hamkorlar - Angliya ochiq universiteti, Vena universiteti, Vena texnika universiteti, Myunxen texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya  instituti, Urganch davlat universiteti, Qozog‘iston milliy universiteti, xalqaro Qozoq-Turk universiteti.

2012-2013 yy. –“Kоlmоgоrоv-Fishеr tipidаgi biоlоgik pоpulyatsiya sistеmаlаrini sоnli mоdеllаshtirish”. (rahbar dots. Sh.A.Sadullaeva) yoshlar granti;

2013 – 2015 yy. – UZWATER, Tempus granti (rahbar prof. Aripov M.M.);

2015-2017 yyА-5-44 “Kolmogorov-Fisher tipidagi nochiziqli biologik populyatsiya sistemalarini sonli modellashtirish” (rahbar prof. Aripov M.M.);

2014-2017 yy. F-4-30 “Operator tip koeffisientli differensial-operator tenglamalar uchun ichki va chegaraviy masalalar” (rahbar prof. K.Fayazov);

2015-2016 yy. I-2015-4-9 “E-HOSPITAL” Korporativ tibbiy axborot tizimi”. (rahbar prof. Aripov M.M.);

2015-2016 yy. I-2015-4-10/1 Oliy ta'lim muassasalari reytingini hisoblash axborot tizimini yaratish. (Rahbar: Matyakubov A.S.);

2017-2020 yy. Ikki marta nochiziqli kross-sistemaning manba, konvektiv ko‘chish, o‘zgaruvchan zichlik, manba yoki yutish ta'siridagi sifat xossalarini tadqiq qilish. (Rahbar: prof. Aripov M.).