AQSH universiteti professoridan dars mashg’uloti

Fevral oyidan boshlab AQShning Michigan universiteti professori Temur Xoja o‘g‘li O‘zbekiston Milliy universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetida dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Professorning bugungi mashg‘uloti O‘zbek filologiyasi fakultetining 3-bosqich bakalavr talabalari va lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi magistrlari uchun tashkil qilindi.
Dars mavzusi turkologiya, xususan, turkiy xalqlar va ularning tillariga oid masalalarga bag‘ishlandi.
Darsda turkiy xalqlarning eramizdan oldingi davrlardan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan og‘zaki va yozma adabiy tili haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bu muammoga oid jahon turkologiyasida qilingan fundamental tadqiqotlarga alohida to‘xtab o'tildi.
Dars jarayonida talabalar va mutaxassislar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Professor tinglovchilarning AQSH oliy ta’lim tizimiga oid savollariga ham javob berdi.



O'zMU Axborot xizmati