Avstriyaning Vena texnika universiteti olimasi O‘zMUda

Bugun, 20-aprel kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining sobiq bitiruvchisi, bugungi kunda Avstriyaning Vena texnika universitetining (QS, 180) professori Anna Dmitrievna Pryanishnikova O‘zbekiston Milliy universiteti bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va Avstriyaning Vena texnika universitetidagi PhD dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida O'zMUga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida A.Pryanishnikova tomonidan Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti magistrantlari uchun ma’ruza mashg‘ulotlari olib borildi.

O'zMU Axborot xizmati