Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Avstriyaning Zalsburg universiteti doktori Dr. Sabine Friederike Hennig xonimning O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrifi

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ K107 dasturi doirasida 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan OTMlararo kelishuvga muvofiq Avstriyaning Zalsburg universiteti “Geoinformatika va GIS markazi” (Geoinformatics _Z_GIS) kafedrasi doktori Dr. Sabine Friederike Hennig O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Dr. Sabine Friederike Hennig universitetning Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari uchun “Geoinformatics and Spatial Analysis” mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. Mashg‘ulotlarda Geoinformatika va GIS dasturlari bilan ishlash masalalari interfaol elektron ta’lim tizimi usullaridan foydalangan holda atroflicha yoritildi. Mashg‘ulotlar yakunida talabalar olgan bilimlari asosida tayyorlagan loyihalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi va sertifikat bilan taqdirlandilar.
Tashrif yakunida Avstriyaning Zalsburg universiteti “Geoinformatika va GIS markazi” (Geoinformatics _Z_GIS) va Uzbekiston Milliy universiteti Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv shartnomasini uzaytirish hamda shartnomaga muvofiq universitet professor o‘qituvchilari va tayanch doktorantlarning malaka oshirishlarini muntazam ta’minlash maqsadida almashinuv dasturlarini davom ettirishga kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi