Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

AVVAL O‘YLA, KЕYIN SO‘YLA. Munosabat

Kuni kecha esa ijtimoiy tarmoqlarda “Sevgi joy tanlamaydi!” sarlavhasi ostida tarqatilgan videoxabar yuzasidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi: Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan mazkur xabar yolg‘on axborot bo‘lib, xaqiqatdan yiroq. Xabar muallifi oliygohning milliy va xalqaro reytingi va ishchanlik obro‘siga qasddan putur yetkazishni maqsad qilib, shuningdek, sohta obro‘ orttirish ketidan quvib, shov-shuv orqali mo‘may daromadga ham ega bo‘lib olishni maqsad qilgan holda mazkur axborotni tarqatgan deb hisoblaymiz. Shuningdek, tasvirda belgilangan manzara va makon universitet hududi va joyi emasligini ma’lum qilamiz.
So‘nggi so‘z o‘rnida OAV, ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlarga ijtimoiy tarmoq hamda boshqa vositalar orqali yolg‘on xabar tarqatganlik uchun jazo muqarrarligi haqida Adliya vazirligi Axborot xizmatining O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytida berilgan quyidagi javobini eslatma sifatida ilova qilamiz.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axbortni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (13 mln 500 ming so‘m) dan 100 baravari (27 mln so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun fuqaroviy javobgarlik ham mavjud. Xususan Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shaxsning or-nomusi, sha’ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘sini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli ma’naviy zarar yetkazilgan bo‘lsa, yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar qoplanishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bundan tashqari Jinoyat kodeksiga muvofiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham ushbu hatti-harakatlar takror sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha (54 mln so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi”.

O‘zMU Axborot xizmati